“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:39
ЎЗO‘Z

Farg‘onadan So‘x tumaniga havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08 avg, 21:30 2 796 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onadan So‘x tumaniga havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekkani xabari berilgandi.

Anklav hudud bo‘lgan So‘x tumaniga havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham qarordan o‘rin olgan. Unga ko‘ra, davlat rahbari tomonidan Tashqi ishlar vazirligiga Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasini hal etish vazifasi topshirildi.

Qo‘shni respublika bilan havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilganidan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Farg‘ona viloyati hokimligi zimmasiga esa bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur qarorga ko‘ra, Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlari joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanadi, kelgusi yillarda davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati hokimligiga So‘x tumani aholisi uchun viloyatning Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratish vazifasi ham topshirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 51
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar