“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:26
ЎЗO‘Z

Bosh vazir: «Yaxshi ham OAV, yaxshi ham blogerlar bor ekan»

08 avg, 18:17 2 665 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh vazir: «Yaxshi ham OAV, yaxshi ham blogerlar bor ekan» Vazirlar Mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, yig‘ilishda ayrim mahalla raislari va mansabdor shaxslarining pora olish, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqa jinoyatlar sodir etilishi bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilindi.

Mana yaqinda prezidentimizning tashabbuslari bilan pandemiya davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan 400 mingdan ko‘proq oilalarning 1,7 million fuqarolarga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Afsuski, joylardagi ayrim mahalla raislari xalqimiz boshiga tushgan shunday sinovli davrlarda odamlarni o‘zaro birlashtirish, holidan xabar olish o‘rniga, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar uchun ajratilgan ushbu pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborish holatlari kuzatildi. Bu esa aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Mahalla raislarining bunday adolatsizligi ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzulardan biriga aylandi.
Ochig‘i, mahalla raislari va xodimlarining bunday noqonuniy xatti-harakatlarini hech qaysi mezon bilan izohlab bo‘lmaydi.

Yaxshi ham ommaviy axborot vositalari bor ekan, yaxshi ham blogerlar bor ekan. Tizimdagi muammolarni yaqqol ko‘rsatib berishyapti. Bo‘lmasa, hamma yer ura-ura, qarsakbozlik bo‘lib ketardi. Bu mahalla oqsoqollarining hammasi shunaqa degani emas. Ularning oyliklari ham aytarli ko‘p emas. Lekin shu oylikka qanoat qilib oilasini boqayotgan, xalqiga, Vataniga sidqidildan xizmat qilayotgan fidoiylari ham bor
”, dedi hukumat rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 67
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar