“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:55
ЎЗO‘Z

Germaniyalik ekspertlar koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik qilish uchun O‘zbekistonga kelmoqda

08 avg, 16:19 2 128 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniyalik ekspertlar koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik qilish uchun O‘zbekistonga kelmoqda Foto: Reuters
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi Robert Kox instituti rahbariyati bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurashishda hamkorlikni muhokama qildi. Institut ekspertlari O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda elchixona matbuot kotibi.

Robert Kox instituti Germaniya hukumati va davlat sog‘liqni saqlash idoralari uchun asosiy maslahat markazi hisoblanib, yuqumli kasalliklarni oldini olish va nazorat qilishda, shuningdek, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Turli xil bakterial va virusli kasalliklar bo‘yicha milliy ma’lumot markazi va laboratoriyalar ham mazkur institutda joylashgan. Bu yerda faoliyat olib borayotgan 1300dan ortiq olimlar va ekspertlar mintaqaviy epidemiyalarni tekshirish va zarur choralar belgilashda mas’ul bo‘lib, tegishli hukumat idoralari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar rejasini ishlab chiqadi. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hamda Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, ko‘plab xalqaro loyihalarini muvofiqlashtirib boradi.

COVID-19 boshlangandan beri milliy va xalqaro darajada inqirozga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlab, koronavirus avj olishini tahlil etish, baholash va unga qarshi strategiyalarni ishlab chiqishda ko‘mak berib kelmoqda.

Muhokama davomida yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda xalqaro tajriba va malakali mutaxassislarga ehtiyoj borligi sababli Robet Kox instituti yetakchi ekspertlari va tajribali vrachlardan iborat guruhning O‘zbekistonga ko‘maklashish uchun yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqish so‘raldi.

Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi rahbari A.Yansen dunyo bo‘ylab keng tarqalgan COVID-2019 infeksiyasiga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyatning yanada jipslashishi lozimligi, vaziyat shuni taqozo etayotgani, jumladan Germaniya ham yolg‘iz o‘zi uni yenga olmasligi, faqatgina xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilangina ko‘zlangan natijaga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Institutning xalqaro missiyalari odatda Germaniyaning yirik shifoxonasi Sharite klinikasi bilan birgalikda tashkil etilishini aytib, O‘zbekistonga ekspertlar guruhi safarini ikki bosqichda tashkil etish mumkinligini bildirdi.

Dastlabki bosqichda Robert Kox instituti hamda Sharite klinikasining 7-8 nafardan iborat ekspert va vrachlaridan iborat guruh joriy yil avgust oyi o‘rtalarida O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. Ular respublika poytaxti va viloyatlarda tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurash shtablari, tibbiy markaz va muassasalarga amaliy ko‘mak beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 39
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar