“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:39
ЎЗO‘Z

Mutaxassis nima uchun tibbiy niqob taqish muhimligini tushuntirdi (video)

08 avg, 15:30 3 009 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mutaxassis nima uchun tibbiy niqob taqish muhimligini tushuntirdi (video) «Tez yordam» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mutaxassislar tomonidan COVID-19 kasalligining rivojlanish bosqichlari va tibbiy niqob taqishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, tibbiy niqob taqish orqali kasallikning har bir bosqichida boshqalarga virus yuqtirishning oldini olish mumkin.

Infeksionist-epidemiolog, tibbiyot fanlari doktori Malika Xo‘jayevaning ta’kidlashicha, inson organizmiga biror infeksiya, virus yoki bakteriya tushgandan so‘ng u tanada joylashib, ko‘payishni boshlashi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Qaysidir virusga buning uchun 2 soat yetarli bo‘lsa, qaysidir viruslar uchun 1 oy kerak bo‘lishi mumkin. Bu yashirin davr deb ataladi.

Koronavirusning yashirin davri 1 kundan 14 kungacha hisoblanadi, individual holatlarda 5 yoki 10 kungacha bo‘lgan holatlar ko‘proq kuzatilgan.

«Kasallikning yashirin davri o‘rtalariga kelib virus sal ko‘payadi. Keyingi bosqichga kelib, virus qonga o‘tadi. Bu davrda kasallikning umumiy belgilari: bosh og‘rig‘i, mushaklar og‘rig‘i, et uvishishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Bu muddatda bemor yuqumli hisoblanadi.

Undan keyingi bosqichda aynan koronavirus uchun xos bo‘lgan belgilar paydo bo‘ladi. Masalan, hid va ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi koronavirusga xos ekani ma’lum. Bemorning o‘zi holatini kuzatib, kasallik manbai bilan qachon to‘qnashganini, qaysi muddatda yaqinlari uchun xavfli ekanini bilishi kerak bo‘ladi
», - dedi Aziza Xo‘jayeva.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning yashirin davrida bemor o‘zida virus borligini bilmasligi, lekin uni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Shuning uchun tibbiy niqobning ahamiyati juda yuqori hisoblanadi.

«Inson koronavirusning yashirin davrini boshidan kechirayotgan paytda tibbiy niqobda bo‘lsa, u o‘zi uchrashgan insonlarni kasallik yuqishidan saqlab qolishi mumkin. Kasallikning keyingi bosqichlarida ham tibbiy niqob taqish orqali boshqalarga virus yuqtirish xavfi kamayadi», - dedi Aziza Xo‘jayeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar