“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:00
ЎЗO‘Z

Amal tegib…

08 avg, 14:42 2 849 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amal tegib… Gulnora (ismlar o‘zgartirilgan) 2018 yilning so‘nggi oyidan Pastdarg‘om tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida ishlay boshladi. Endi u mansabdor, xizmat vazifalariga ko‘ra moddiy javobgar kishi. Qo‘lidagilar unga bo‘ysunadi, faqat ularni qanday «avrash» o‘ziga bog‘liq.

Ayol buni yaxshi uddaladi. Muassasa xodimlariga oylik ish haqi va boshqa mablag‘larni hisoblashni nazorat qilish, tadbirkorlik sub’ektlari bilan shartnoma tuzish kabi vakolatlaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalandi. 2018 yil may oyida 8 nafar xodimga turli buyruqlarga asosan hayfsan berilgan. Shunday bo‘lsa-da, ularga ma’lum miqdorda rag‘batlantirish va yordam puli berish haqida soxta buyruq chiqarishgan. Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan 7 mln. 931 ming 538 so‘m pulni talon-toroj qilgan.

Gulnora bu bilan cheklanmadi, aksincha, ishtahasi yanada ochildi. Bosh hisobchi va hisobchi bilan gapni bitta qildi. Amaldagi talablarga zid ravishda 56-MTM tarbiyachi yordamchisi S.Muhammadiyevaga 4 mln. 373 ming 610 so‘m, D.Qo‘yboqarovaga 3 mln. 855 ming 553 so‘m, 27-MTM xodimi V.Yo‘ldoshevaga 286 ming 754 so‘m tug‘ruq ta’tili pulini soxta hujjatlar bilan rasmiylashtirib, jami 8 mln. 515 ming 917 so‘m mablag‘ni o‘zlashtirdi.

Bundan tashqari, tuman MTBga kadrlar bo‘yicha mutaxassis sifatida 2017 yil dekabr oyida ishga qabul qilingan Dilnura aslida tumandagi pedagogika va sport kollejida kadrlar bo‘yicha mutaxassis hamda o‘qituvchi vazifasida 2017 yil dekabr oyidan 2019 yil iyun oyiga qadar buyruq asosida ishlab kelgan. Gulnora bundan foydalandi. Tuman MTBda faqat nomi ishlaydigan Dilnuraga 2019 yil yanvar-may oylarida 5 mln. 485 ming 403 so‘m ish haqi yozdirib, o‘z ehtiyojiga sarflagan.

Ikki joyda «ishlaydigan» Dilnura ham bo‘sh o‘tirmadi. Xalq ta’limi bo‘limining sobiq mudiri, hisobchilar va Gulnora bilan til biriktirib, intizomiy jazoga tortilgan bir nechta xodim nomiga rag‘batlantirish puli yozdirib, budjetdan 12 mln. 451 ming 118 so‘m pulni undirishga erishdi.

Bundan tashqari, hamtovoqlari bilan kelishgan holda Dilnura o‘zi va 6 nafar xodimga ish haqi yozilishiga erishib, 31 mln. 701 ming 304 so‘m pulni talon-toroj qilgan.

Sud majlisida sudlanuvchilar o‘zlarini oqlashga urinib, xodimlarga hayfsan berilgani, ammo ushbu intizomiy jazo tuman MTB mudiri hamda kasaba uyushmasining buyrug‘iga asosan muddatidan oldin olib tashlangani, hozirgi kunda esa ushbu buyruq yo‘qolganini bayon qilishdi. Dilnura va yana 6 xodim tuman MTBga 1 shtat birligiga qabul qilingani, MTB binosi bo‘lmagani sababli u va boshqa xodimlar o‘zlari ishlagan joyda ishlab turgani haqida ko‘rsatma berdi.

Sudlanuvchilarning aybi sudda fuqaroviy da’vogar va guvohlarning ko‘rsatmalari bilan o‘z tasdig‘ini topdi. Ularga 1 yil muddatga barcha korxona va tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilish va har oylik ish haqidan
20 foizini davlat hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Bahodir DJABBOROV,
Pastdarg‘om tumani prokurorining o‘rinbosari




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 98
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 54
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 144
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar