“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:34
ЎЗO‘Z

«Takliflarimiz Rossiya tomonidan rad etildi» - Abdulaziz Komilov mehnat muhojirlari muammolari haqida gapirdi

07 avg, 22:30 5 321 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Takliflarimiz Rossiya tomonidan rad etildi» - Abdulaziz Komilov mehnat muhojirlari muammolari haqida gapirdi Senatning oltinchi yalpi majlisida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mehnat muhojirlari haqida gapirdi.

«Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov. Migrantlar muammolarini aysberg singari ko‘zga ko‘ringan qismini muhokama qilyapmiz. Bu muammoni hal qilish uchun kompleks yondashuv bo‘lishi kerak.

Chet elda sarson bo‘lib yurgan vatandoshimizni to‘xtatib, vatanga qaytasanmi, deb so‘rasangiz, qaytaman, menga ish topib beringlar deydi.
«Halol mehnat bilan daromad topib, oilamni boqaman. Agar shuni ta’minlab bersanglar, hozir qaytaman, bu yerda yashash oson emas», deydi. Migrantlarga yordam berish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturi bo‘lishi kerak.

Chet eldagi yurtdoshlarimizni migrant deyishga til bormaydi. Albatta, ularning orasida har xili bor. Lekin ko‘pchiligi vatanparvar, yurtini sevadi, bugun desangiz, bugun qaytishga tayyor. Biz sharoitlarni yaratib berishimiz kerak
», dedi Tashqi ishlar vaziri.

U xorijdagi vatandoshlarga elchixonalar tomonidan yordam berilishi haqida gapirib, bu borada e’tirozlar mavjudligini aytib o‘tdi.
«Vatandoshlarimizga qo‘ldan kelguncha yordam beramiz. Lekin muammolarimiz ham yo‘q emas. Moskva okrugidagi konsulxonada 4 nafar xodim ishlaydi. Ular 1,7 mln kishiga xizmat ko‘rsatishi kerak. Shuning uchun ham konsul javob bermadi, degan e’tirozlar bor. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz», degan gaplar ham bo‘ldi. Konsullik xodimlari qayerda muammo bo‘lsa, darhol yetib borishga harakat qilyapti», dedi Abdulaziz Komilov.

Vazir fuqarolar taqdirini yengillashtiradigan qator hujjatlar tayyorlangani, biroq ular Rossiya tomonidan rad etilganini aytib o‘tdi.
«Fuqarolarimiz taqdirini yengillashtiradigan qator hujjatlarni tayyorlagan edik. Rossiya bilan bir-ikkita hujjatlarni imzolamoqchi bo‘lgan edik, lekin ular qabul qilmadi. Juda ko‘p nozik tomonlari bor, buniyam, o‘ylaymanki, senatorlarimiz bilishi kerak. Ular aytyaptiki, «to‘g‘ri yozilgan, yaxshi shartnoma. Shartnomani nima qilasiz? Mana, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lib kiringlar. Hech qanaqa shartnoma kerak bo‘lmaydi Ana shunda hamma muammolar o‘z yo‘li bilan hal bo‘lib ketadi».

Endi YEOII singari institutlarning ko‘plab salbiy, ijobiy taraflari bor, o‘rganib qadam tashlash kerak. Lekin shunaqa muammolar kun tartibida bor», deydi Abdulaziz Komilov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar