“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:47
ЎЗO‘Z

Birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi

07 avg, 07:00 2 816 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan birinchi kurs talabalari kredit-modul tizimi asosida o‘qiydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Ta’lim jarayonini sifatli o‘quv resurslari bilan boyitish uchun salohiyatli professor-o‘qituvchilarni jalb etish muhimligi qayd etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 25 avgustgacha barcha 7 ming 200 dan ziyod fan bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning raqamli uslubiy ta’minotini va masofaviy ta’limga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishi belgilandi.

Kamida 35ta davlat OTMlarida birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
«Taraqqiy etgan davlatlar tajribasi ta’lim dargohlarini zamon talablariga moslashtirmasdan ilmiy va texnologik yutuqlarga erishish qiyin bo‘lishini ko‘rsatmoqda», degan prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shu sababdan joriy yilda nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning kamida 5ta oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinadi. Bunda asosan tuzilma va o‘qitish texnologiyalari takomillashtiriladi, natijada ular zamonaviy ta’lim beradigan va innovatsiyalarni joriy qiladigan ilmiy dargohga aylantiriladi.

Yig‘ilish yakunida davlat rahbari rektorlar bilan muloqotda bo‘lib, ular aytgan muammolarni hal etish va takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 5
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar