“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:35
ЎЗO‘Z

Yangi Fuqarolik kodeksida qarz va kreditga oid yangiliklar

05 avg, 23:21 3 364 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi Fuqarolik kodeksida qarz va kreditga oid yangiliklar Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan Prezidentimizning 2019 yil 5 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Loyihaga qarz va kredit berish bilan bog‘liq yangi normalar kiritilmoqda.

Inson hayotida qarz oldi-berdisi eng ahamiyatli masalalardan biri hisoblanib, o‘z umri davomida qarz oldi-berdisini boshidan kechirmagan inson kam bo‘lsa kerak. Ana shu ijtimoiy muomala Fuqarolik kodeksida ham o‘zining tegishli asoslari, normalari bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Qarz oldi-berdisiga oid qanday yangiliklar ko‘zda tutildi
Amaldagi Fuqarolik kodeksining 732-moddasi qarz summasi har doim ham qarz shartnomasi tuzilishi bilanoq berilmaslik holatini o‘zida aks ettirmagan. Shu maqsadda, birinchi qism qarz summasini “berish majburiyatini oladi” ko‘rinishidagi qo‘shimcha bilan o‘zgartirilmoqda.
Shuningdek, mazkur moddaning “Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi” ko‘rinishidagi ikkinchi qismi shartnoma tuzilgan vaqt bilan bog‘liq masala bo‘lganligi va u mazkur kodeksning umumiy qoidalari bilan tartibga solinishi lozimligini inobatga olib chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiiligini takomillash-tirish Konsepsiyasi shartnoma munosabatlariga taalluqli cheklovlarga barham berish va shartnoma erkinligini kengaytirishni nazarda tutilgan. Shu sababli mazkur moddaning yangi tahririda fuqarolarga qarz shartnomasi shaklini erkin tanlash huquqi sifatida og‘zaki shaklda ham tuzilishi nazarda tutilmoqda.

Amaliyotda uchraydigan qarz shartnomasida qarz summasidan olinadigan foizlar miqdori belgilanmagan holatlar amaldagi Fuqarolik kodeksining 734-moddasida ko‘zda tutilmagan edi. Ushbu holatni tartibga solish maqsadida mazkur modda “Agar qarz shartnomasiga ko‘ra qarz beruvchi qarz oluvchidan foizlar olish huquqiga ega bo‘lsa, lekin foizlar miqdori shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarz summasi berilgan vaqtdan to qaytarilgan vaqtgacha amalda bo‘lgan qayta moliyalash stavkasi miqdori bo‘yicha undiriladi” mazmunidagi yangi qism bilan to‘ldirildi.

Qarz oluvchiga nisbatan haddan ziyod jazo choralari qo‘llanishini oldini olish maqsadida, faqatgina foizli qarzlar bilan bog‘liq holatlarda qarz shartnomasida ko‘rsatilgan foizlarni undirish to‘g‘risidagi o‘zgartirish 736-moddaning birinchi qismiga kiritilmoqda.

Shuningdek, mazkur moddaning “Agar qarz shartnomasida qarzni qismlab (bo‘lib-bo‘lib) qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli” hamda “Agar qarz shartnomasida qarz bo‘yicha foizlarni qarzning o‘zini qaytarish muddatidan oldin to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, bu majburiyat buzilgan taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli” mazmunidagi ikkinchi va uchinchi qismlari qarzning bunday jihatlari qarz shartnomasida tartibga solinishi lozimligidan kelib chiqib hamda shartnoma munosabatlariga taalluqli cheklovlarga barham berish va shartnoma erkinligini kengaytirish nuqtai nazaridan kelib chiqib chiqarib tashlanmoqda.

Bundan tashqari “Qarz oluvchining moddiy ahvoli sezilarli yomonlashgan, bu narsa qarzni qaytarilishiga xavf solsa, qarz beruvchi qarzni zudlik bilan qaytarishni talab qilishga haqlidir” hamda “Agar qarz oluvchining moddiy ahvoli qarz shartnomasi tuzilishidan oldin yomonlashgan va bu narsa qarz beruvchiga faqat qarz shartnomasi tuzilgandan so‘ng ma’lum bo‘lgan holatlarda ham qarz beruvchi shunday huquqqa ega” mazmunidagi normalar qarz oluvchining moddiy ahvoli yomonlashgan holatlarda qarz summasini qaytarilishini ta’minlash hamda tortishuv va sud muhokamalarini oldini olishga qaratilgan.

Davlat zayomi shartnomasi to‘g‘risidagi 743-modda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat boshqa shaxslar bilan birday ishtirok etishi kerakligi, shu sababli, davlat qarzi shartnomasini alohida ajratish maqsadga muvofiq emasligi nuqtai nazaridan kelib chiqib to‘liq chiqarib tashlanmoqda.

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qarz berishni va’da qilish holatlari ham uchrashi mumkin. Shu sababli qarz berishni va’da qilishni rasmiylashtirish va undan voz kechish tartibini belgilovchi “Qarz va’da qilish” nomli yangi modda taklif qilinmoqda.

Kreditor qarz oluvchi to‘lov qobiliyatiga ega emas deb e’tirof etilgan, kredit shartnomasi shartlarini bajarmagan hollarda unga kredit berishdan bosh tortishi mumkin. Lekin qonunchilikda kreditorning yuridik shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlaridan kreditni muddatidan oldin qaytarishni talab qilish, ya’ni kredit shartnomasidan bir tomonlama bosh tortish huquqi tartibga solinmagan.

Shundan kelib chiqib hamda kreditorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 746-modda “Kreditor qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga ega emasligi, kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi, kreditni maqsadli ishlatish yuzasidan shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzganligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangan holatlarda kredit mablag‘larini to‘laligicha yoki qismlarga bo‘lingan ravishda muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqlidir” mazmunidagi yangi qism bilan to‘ldirilmoqda.

Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan iste’mol kreditlari va valyuta krediti bilan bog‘liq maxsus normalarni kiritish maqsadida, loyiha ikkita yangi “Iste’mol krediti” va “Valyutada kredit” deb nomlangan moddalar bilan to‘ldirilmoqda.

O‘zgartirishlardan kutilayotgan natijalar
Mazkur takliflar ishlab chiqishda AQSH, Germaniya, Fransiya, Polsha va MDH davlatlarining shu yo‘nalishga oid tajribalari o‘rganib chiqildi. Taklif etilayotgan o‘zgartirish va fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ishtirokchilarning tengligini, fuqarolik muomalasi qatnashchilarining xohish-istagini to‘liq ifodalashni, shartnomaning erkinligini, buzilgan huquqlar tiklanishi va ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgandir.

Taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar umumiy jabhada fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ishtirokchilarning tengligini, fuqarolik muomalasi qatnashchilarining xohish-istagini to‘liq ifodalashni, shartnomaning erkinligini, buzilgan huquqlar tiklanishi va ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda amaliy natijalarni berishi kutilayapti.
Xususan:
- amaliyotda ko‘p uchraydigan masalan qarz summasidan olinadigan foizlar miqdori, qarz majburiyatini olish, qarz qaytarilgan vaqtni aniqlashtirish, qarz shartnomasining haqiqiyligini belgilash kabi Fuqarolik kodeksida yoritilmagan normalarga oid bo‘shliqlarni bartaraf etadi;
- ba’zi qismlarning chiqarilib kodeksning umumiy qoidalari bilan tartibga solinishining belgilanishi moddalarning qulay va ixcham ko‘rinishini ta’minlaydi;
- shartnoma munosabatlariga taalluqli cheklovlarga barham beradi
va shartnoma erkinligini kengaytirishga xizmat qiladi;
- qarz summasini qaytarilishini ta’minlashda tortishuv va sud muhokamalarini oldini oladi va sonini kamaytiradi;
- kreditorlar huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytiradi;
- aholi tomonidan tovarlar, ishlar va xizmat turlaridan foydalanishda rasmiylashtiriladigan iste’mol kreditlari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi;
- valyuta kreditlariga oid munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarini himoya qiladi.

Nazarali Norbayev,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot
instituti bo‘lim boshlig‘i




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 238
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar