“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:15
ЎЗO‘Z

Koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

05 avg, 00:30 5 089 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalarning oltinchi nashrida shifokor nazorati asosida qo‘llaniladigan dori-darmonlar ham keltirib o‘tilgan. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Aytib o‘tish lozimki, bu galgi qo‘llanmani ishlab chiqish guruhiga mamlakatimizning taniqli va nufuzli olimlari bilan birga, ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni bevosita davolashda ishtirok etayotgan shifokorlar, xususan, reanimatolog va boshqa tor soha vrachlari kiritilib, ular tomonidan o‘z tajribasida samarali deb topilgan dori vositalari tavsiya etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Habibullo Oqilov bemorlarni davolashda qo‘llanilishi belgilangan dori vositalari haqida batafsil ma’lumot berdi:

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun:
- Gidroksixloroxin (homilador ayollar, bolalar, 65 yoshdan oshgan bemorlar, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar qabul qilishi mumkin emas).

Kasallik klinik belgilarsiz kechganda:
- Gidroksixloroxin (shifokor qaroriga ko‘ra);
- Sink preparatlari;
- D vitamini;
- S vitamini;

COVID-19ning yengil shaklida:
- Paratsetamol;
- Ibuprofen;
- Favipiravir;
- Gidroksixloroxin;
- Sink;
- D vitamini;
- S vitamini;
- Nafazolin, Ksilometazolin (burun uchun, rinoreyani davolashda);
- Azitromitsin (shifokor qaroriga ko‘ra).

COVID-19ning o‘rta og‘ir shaklida:
- Paratsetamol;
- Ibuprofen;
- Favipiravir yoki remdesivir;
- Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
- Antiagregantlar (Atsetilsalitsil kislotasi);
- Kortikosteroidlar (Deksametazon)
- Antibiotiklar (shifokor qaroriga ko‘ra).

COVID-19ning og‘ir shaklida:
- Paratsetamol;
- Ibuprofen;
- Remdesivir;
- Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
- Antiagregantlar (Atsetilsalitsil kislotasi);
- Kortikosteroidlar (Deksametazon);
- Sefalosporinlar + makrolidlar;
- Parenteral atsetilsistein va boshqalar.

O‘tkir nafas olish qiyinlashuvi sindromida:
- Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
- Antiagregantlar (Atsetisalitsil kislota);
- Kortikosteroidlar (Deksametazon);
- Parenteral atsetilsistein;
- Omeprazol, Ranitidin va boshqalar.

Sepsis va sepsik shokda:
- N2 retseptorlari antagonistlari yoki Proton pompasi ingibitorlari (Ranitidin, Omeprazol);
- Kortikosteroidlar (Deksametazon);
- Prokinetik dorilar (Metoklopramid, Domperidon, Eritromitsin) va boshqalar.

ESLATMA!
Bolalar, homilador ayollar, yurak aritmiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun xloroxin va gidroksixloroxin (+/- azitromitsin); shuningdek, boshqa bemorlarni davolashda terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda antibiotiklar buyurish, virusga qarshi preparatlar (Lopinavir/ritonavir, Remdesivir, Umifenovir), immunomodulyatorlar (Totsilizumab, Interferon-1a, Interferon-alfa-2b), interferon induktorlari va immunostimulyatorli dorilar, metabolik dorilar tavsiya etilmaydi.

DIQQAT!
Kasallikning har qanday darajasidan qat’iy nazar har bir dori vositasi shifokor tavsiyasiga ko‘ra va uning nazorati ostida qabul qilinishi shart.
Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga osma ukollar (kapelnitsa)dan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar