“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:54
ЎЗO‘Z

Xorazmdagi “samosud” yuzasidan ma’lumot berildi

04 avg, 16:04 3 445 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmdagi “samosud” yuzasidan ma’lumot berildi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Gurlan tumanida “samosud” nomi ostida tarqalgan videoyozuv bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoshli I.O. o‘zining tanishi 20 yoshli Yu.T. (ayol) bilan uchrashgan vaqtida, ushbu holatni I.O.ning turmush o‘rtog‘i 24 yoshli M.S.(ayol)ning dugonalari ko‘rib qolib, telefon orqali bu haqda M.S.ga xabar berib, uni chaqirishgan hamda fuqaro Yu.T.(ayol)ni ushlab olib, turli xil uyatli so‘zlar bilan xaqorat qilib janjal qilishgan va M.S.(ayol) fuqaro Yu.T.(ayol)ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjal vaqtida M.S.ning dugonalaridan biri o‘zining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani “telegram” messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlarda o‘zboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni o‘zlari jazolashga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Bundan tashqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarimizga eslatma:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida ko‘rsatilgan “Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish” kabi ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi
", deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar