“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:42
ЎЗO‘Z

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarorlari yuzasidan faqatgina Oliy sudga shikoyat qilinadi

03 avg, 08:55 1 704 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarorlari yuzasidan faqatgina Oliy sudga shikoyat qilinadi Raqobatni ta’minlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosati tubdan takomillashtiriladi.
Prezidentning “Raqobatni ta’minlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tavsiya etiladi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hisobotini va davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha yiliga kamida ikki marotaba hisobotlarini eshitish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlikni jalb qilgan holda parlament nazorati doirasida o‘rnatish davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat muhitini rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish choralarining samaradorligini baholash yuzasidan nazorat tadbirlarini o‘tkazish.

Belgilanishicha, 2020 yil 1 iyuldan boshlab Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari yuzasidan faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra Qo‘mita, Agentlik va ularning hududiy organlarining yozma so‘rovnomasiga muvofiq:

a) ichki ishlar organlari:
raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risida qonunchilikni buzgan, ma’muriy huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma tuzish uchun kelishdan bosh tortgan shaxslarni qidirish va majburiy olib kelishni ta’minlaydi;

uch kunlik muddatda raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risida qonunchilikni buzgan jismoniy shaxsni pasporti to‘g‘risida ma’lumotlari taqdim etadi;

b) davlat soliq xizmati organlari Agentlikka savdo qoidalari buzilgan hollarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishda ko‘mak beradi.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, Agentlikka axborot bermaslik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berish, uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik, shuningdek uning faoliyatiga aralashganlik hamda uning xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan jarimalar qo‘llash jarimalar qo‘llash va ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qo‘mita va Agentlikning markaziy apparati hamda ularning hududiy boshqarmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan uzoq muddat xizmati uchun quyidagi miqdorda har oyda ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida):

1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
5 yildan 10 yilgacha – 1,0;
15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
20 yildan yuqori – 1,5.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashish organini rivojlantirish jamg‘armasi deb qayta tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, vazirlar Mahkamasi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Adliya vazirligining:

raqobatga qarshi harakatlarning raqobatni cheklaydigan kelishilgan harakatlar va til biriktirishlar (kartel kelishuvlar) qismi bo‘yicha amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish;

vazirliklar va idoralar shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha faoliyatini samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari (KRI) joriy etish;

raqobat muhitini rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan har yili chop etiladigan tarmoqlar va hududlar bo‘yicha reyting ishlab chiqish takliflariga rozilik beriladi.

Oliy sudga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud huzurida raqobatni himoya qilish sohasida nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus sud hay’atini tashkil etish tavsiya etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar