“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 11:15
ЎЗO‘Z

Karantinning uzaytirilishi oziq-ovqat narxlari oshishiga olib kelishi mumkin

01 avg, 12:39 2 740 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantinning uzaytirilishi oziq-ovqat narxlari oshishiga olib kelishi mumkin O‘zbekistonda karantin cheklovlarining yanada uzaytirilishi asosiy iste’mol tovarlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin, deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Ta’kidlanishicha, pandemiya ta’siri va uni jilovlab turish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar natijasida iqtisodiy vaziyatning tez o‘zgarishi iqtisodiy muhitdagi noaniqlikning yuqori darajasiga hamda iqtisodiy jarayonlar rivojining oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan holatlariga olib kelishi mumkin.

«Mehnat resurslari harakatiga cheklovlarning saqlab qolinishi, logistikaning yomonlashishi, transport xizmatlari takliflarining qisqarishi, karantin talablari yana uzaytirilgan sharoitda tovarlarni tashish muddati hamda qiymati oshishi asosiy iste’mol tovarlari narxining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin», - deyiladi ma’lumotda.

Bundan tashqari, moliyaviy rag‘batlantirish, yilning birinchi yarmida kreditlash va pul massasining jadal o‘sishi yil ikkinchi yarmida ma’lum inflyatsion muhitni yaratishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, kreditlashning o‘sish sur’atlari hamda ilgari berilgan kreditlarni qaytarish bo‘yicha ma’lum choralar ko‘rishni talab qiladi.

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning davom etishi aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga bo‘lgan talabining ortib borishiga turtki beradi, bu cheklangan ta’minot sharoitida ular narxiga bosim yaratadi. Shuni inobatga olgan holda, narxlar ko‘tarilishining oldini olish uchun importni erkinlashtirish hamda soddalashtirish orqali qish-bahor mavsumi uchun ushbu turdagi tovarlar zaxirasini qayta ko‘rib chiqish va oshirish zarur.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 146
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 127
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 44
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 0
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 0
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 0
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 0
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 22
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 19
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 84
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 463
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 158
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 135
  • Bo‘limlar