“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:50
ЎЗO‘Z

Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan. U o‘z holati haqida xabar berdi

29 iyul, 22:30 5 865 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan. U o‘z holati haqida xabar berdi Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalindi. Kun.uz muxbiri Nurmat Satiniyazovich bilan bog‘landi va uning hozirgi holati haqida ma’lumot oldi.

«Assalomu alaykum. Haqiqatda laboratoriya tekshiruvlari natijasida menda COVID-19 kasalligi borligi aniqlandi. Albatta, 4 oydan ko‘proq vaqt davomida koronavirusga chalinganlar bilan bilib-bilmasdan muloqotda bo‘lish natijasida bu kasallikni yuqtirib olibman.

Lekin jiddiy klinik belgilar kuzatilmay turib, laboratoriya natijalariga asoslangan holda shifoxonaga yotdim. Hozir muolajalar qilinmoqda. Xudo xohlasa tez orada sog‘ayib, safga qaytaman va koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok eta boshlayman.

Bu kabi noqulayliklar yuzaga kelishi yaratganning amri va biz bunga hech narsa qila olmaymiz. Asosiysi, kasallikni yengib o‘tib, sevgan ishimizga qaytib, xalqimizga foydamiz tegishi bizning eng katta yutug‘imiz.

Menga qayta-qayta murojaat qilib kasallanganim haqidagi xabar qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi to‘g‘risida so‘rab, qayg‘urgan jurnalist do‘stlarimizga aytar so‘zim – salomatligimga befarq emasliklaringiz meni juda quvontirdi. Barchangizga minnatdorchilik bildiraman, biz bir-birimizga o‘rganib qoldik, qisqa muddat ko‘rishmasak sog‘inadigan bo‘ldik. Bu Allohning bir sinovi. Tez orada uni yengib o‘tib siz bilan ko‘rishamiz degan umiddaman. Sog‘ bo‘linglar
», deydi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, Nurmat Otabekov 2020 yilning 23 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan «Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 29
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar