“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:41
ЎЗO‘Z

Sudlar faoliyati yanada takomillashtiriladi

28 iyul, 16:06 3 254 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sudlar faoliyati yanada takomillashtiriladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi uch yil ichida mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash, sudlar mustaqilligini amalda ta’minlash bo‘yicha bir nechta Farmon va Qarorlar qabul qilindi.
Sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, 2017-2021 yillarda mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ham belgilab qo‘yildi.

Biz bilamizki, sud tizimida avval sud hokimiyatining ikkita oliy organi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudlari mavjud edi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Oliy xo‘jalik sudi tugatilib, sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.

Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko‘rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta’minlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, Prezident tomonidan 2020 yil 24 iyulda qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, sud-huquq tizimidagi islohotlarni davom ettirish yo‘lidagi yana bir muhim hujjat bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

Endilikda, 2020 yil 1 noyabrga qadar yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish belgilandi.

Farmonga asosan qabul qilinadigan yangi qonunlar, sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlar olib tashlash, sud qarorlarini qayta ko‘rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlaridan voz kechish, investorlar huquqlarining sud himoyasida bo‘lishi ta’minlash va sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lishiga xizmat qiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
raisi
A.Ibodov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar