“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:39
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida avtomashinani egasining ko‘z o‘ngida olib qochib ketgan shaxs ushlandi

27 iyul, 10:10 2 016 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida avtomashinani egasining ko‘z o‘ngida olib qochib ketgan shaxs ushlandi 2020 yilning 14 iyul kuni soat 20:30da muqaddam transport vositasini olib qochish jinoyatini sodir etgan xavfli retsidivist 28 yoshli O.O. mast holda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya 20-uyning yon tomonida eshiklari ochiq holatda turgan, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 20 yoshli S.U.ga tegishli Spark rusumli avtomashinaning haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtoulov egasi S.U.ning ko‘z o‘ngida mashinani talonchilik yo‘li bilan ochiqdan-ochiq olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida O.O. olib qochilgan Spark rusumli avtomashinani Toshkent shahar Yashnobod tumani hududida boshqarib yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, O.O.ga nisbatan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudiga yuborilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 110
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 70
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar