“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:23
ЎЗO‘Z

Surxondaryo va vodiy viloyatlaridagi pandemik vaziyat alohida xavotir uyg‘otmoqda — Behzod Musayev

26 iyul, 17:55 4 223 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryo va vodiy viloyatlaridagi pandemik vaziyat alohida xavotir uyg‘otmoqda — Behzod Musayev Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev epidemiologik jihatdan hukumatda yuqori xavotir uyg‘otayotgan hududlarni sanab o‘tdi.

«Bizda hadik uyg‘otayotgan hududlardan biri – Surxondaryo viloyati. Chet davlatlardan kelayotgan mashina haydovchilarimiz orasida aniqlanib, aholi orasida tarqalib ketmoqda.

Andijon viloyatida ham xavotirimiz ko‘p. O‘zi umuman, vodiyda aholi juda zich joylashgan uchta viloyat bo‘lgani uchun bu yerda qattiq ehtiyotkorlik talab etiladi», dedi Musayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

Hukumat vakili davolash muassasalari haqida ham ma’lumot berdi.

«Hozirda Toshkent shahrida COVID-19 bemorlarini davolash bilan shug‘ullanayotgan muassasalar sonini 19taga yetkazdik. Shuningdek, Zangiota tumanida 1200 o‘rinli markaz ishga tushirilgan edi, yana 508ta o‘rin yaratildi. Shu kunlarda yana 1000ta qo‘shimcha o‘rin yaratish rejalashtirilmoqda. U yerdagi har bir xona kislorod ta’minoti va boshqa kerakli tibbiyot jihozlar bilan ta’minlangan.

«O‘zekspomarkaz»dagi taqsimlash markazida joylar soni 3500taga yetkazilmoqda. Toshkent viloyatidagi taqsimlash markazi sig‘imini ham 3500taga yetkazish ustida ish olib borilmoqda», dedi Behzod Musayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 12
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 168
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar