“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:02
ЎЗO‘Z

Buxoro viloyatida firibgarlar jinoiy guruhi 500 ming dollarlik kelishuv ustida qo‘lga olindi

26 iyul, 13:33 3 033 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoro viloyatida firibgarlar jinoiy guruhi 500 ming dollarlik kelishuv ustida qo‘lga olindi Foto: Dreamstime
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat DXX bilan bilan hamkorlikda soxta qimmatbaho toshlar hamda qalbakilashtirilgan tarixiy-badiiy buyumlarni sotishga ixtisoslashgan jinoiy guruhning yirik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.S., Sh.S., va A.M.lar bir dona qora rangli toshni guyoki, olmos ekanligiga ishontirib, aldash yo‘li bilan fuqaro A.D.ga 500 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 4,5 mlrd so‘m va 51 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

«Tadbir davomida fuqaro N.S., Sh.S., A.M.larning yana bir jinoyati fosh etildi. Jumladan, jinoiy guruh bir dona zar matodan ishlangan kamar, bir dona charmdan ishlangan hamyon va bir dona kumushdan ishlangan qo‘lbola muhrni Buxoro amirlariga tegishli ekani va ular tarixiy ahamiyatga ega noyob buyumlar sirasiga kirishini, fuqaro A.D.ni yanada ishontirish maqsadida tarixiy fotosuratlarni qalbakilashtirib, ularni 100 ming AQSH dollariga sotishga uringani aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro A.M. tomonidan kelgusida fuqarolar ishonchiga kirib, ularni aldash yo‘li bilan noqonuniy daromad orttirish maqsadida o‘zida saqlab kelayotgan 32 turdagi jami 247 dona turli xildagi tosh va zargarlik buyumlarini ixtiyoriy ravishda taqdim etgani protsessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqaro N.S., Sh.S., A.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
», – deyiladi Bosh prokuratura axborotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar