“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 15:36
ЎЗO‘Z

Psixolog tavsiyasi: karantin vaqtida stressni qanday yengish mumkin?

24 iyul, 18:28 2 648 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Psixolog tavsiyasi: karantin vaqtida stressni qanday yengish mumkin? Foto: Google.com
Bugungi pandemiya sharoitida ko‘pchilikda stress, xavotir yoki qo‘rquv kabi salbiy holatlar kuzatilayotgan bo‘lishi tabiiy. Ularga psixologik yordam ko‘rsatish hozirgi vaziyatda juda dolzarb. Ushbu muammo bilan bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ularni qanday yengish haqida Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Nargiza Xalilova quyidagi ma’lumotlarni taklif qiladi.

Faol bo‘lishga harakat qiling
Kundalik amalga oshiriladigan ishlar rejasini yoki kun tartibini tuzib oling, uni o‘zingiz va boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyga joylashtiring, chunki bu bizning unga rioya qilishimiz ehtimolini oshiradi. Amalga oshiriladigan ishlar, bo‘sh vaqt, jismoniy mashqlar, o‘qish va hokazolarda xilma-xillikni ta’minlang, sizning ichki g‘ayratingiz va qiziqishingizni uyg‘otadigan biron bir yangi loyiha bilan shug‘ullanishga e’tibor bering. Kayfiyatimiz va his-tuyg‘ularimizni o‘zimiz boshqarishimiz mumkin, shuning uchun nimani his qilayotganingizni bilishga harakat qiling va nega bu hissiyotlarni boshdan kechirayotganingizni tushunish uni boshqarishning birinchi qadamidir.

Aloqada bo‘ling
Ekstrovert yoki introvert bo‘lishingizdan qat’iy nazar, barchamiz uchun do‘stlar va oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lish bizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Matnli xabar, video muloqot, ijtimoiy tarmoqlar yoki telefon orqali aloqada bo‘lish bizning boshqalar diqqat markazida bo‘lishimizga xizmat qiladi. Xususan, his qilgan tuyg‘ularingizni ular bilan baham ko‘rish yaxshi natija beradi. Garchi birgalikda muammo hal etilmasa ham, ishongan insonlar bilan suhbatlashishning ijobiy psixologik tomonlari borligi bir qator tadqiqotlar tomonidan ochib berilgan.

O‘z sog‘lig‘ingizga e’tibor qarating
Ma’lumki, biz ba’zida sog‘lig‘imizni yetarlicha nazorat qila olmaymiz. Karantin va izolyatsiya paytidagi stress va stressli holat bizning immunitetimizni zaiflashtiradi, shu sababli sog‘liqni saqlash uchun faol bo‘lish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Tarkibida xilma-xil ozuqa moddalari bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishga odatlaning hamda ozgina va tartibsiz ovqatlanishdan saqlaning. Ba’zida xavotirlanish hissi bemalol ovqatlanishga xalal berishi mumkin, shuning uchun biz bu omillarni nazorat qilishimiz kerak. Kundalik mashqlar uyquni tartibga solishga yordam beradi, bularning barchasi psixologik salomatlikni yaxshilaydi. Ta’kidlash lozimi, alkogol va giyohvand moddalarni iste’mol qilish stressni yengib o‘tishda yordam bermaydi.

Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni nazoratga oling
2016 yilda Zika virusi inqirozi paytida «Tvitter» kabi ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga tayanuvchi foydalanuvchilarda oddiy yangiliklarni kuzatib boruvchilarga qaraganda yuqori darajadagi stress va xavotirlar qayd etilganligi aniqlandi. Aslida, inqirozli vaziyatda juda ko‘p ommaviy axborot vositalaridan foydalanish stress darajasining ortishiga olib keladi. Yangiliklarni kuzatishni cheklang va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kamaytiring Ishonchli ma’lumotlarni beruvchi an’anaviy ommaviy axborot vositalarini kuzating.

Agar siz karantinga yoki izolyatsiyaga olingan bo‘lsangiz, bularni nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham qilayotganingizni esda saqlang. Bu altruizmning asosiy belgisidir.

Sizni xalqimizning oddiy qahramonlaridan biri deb ta’kidlash mumkin. Buning uchun biz sizdan minnatdormiz!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 35
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 52
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 62
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 0
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 0
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 0
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 1
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 130
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Bo‘limlar