“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:01
ЎЗO‘Z

Nega dopixonada emac, «qo‘lda»?..

24 iyul, 15:16 2 511 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nega dopixonada emac, «qo‘lda»?.. Pandemiya tufayli ayni vaqtda dorilarga talab oshdi. Bundan esa ayrim noinsof kimsalar foydalanib qolishga harakat qilmoqda. Dorilar narxi sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan bir nechta tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ularda qalbaki, sifatsiz dorilar va tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 10 ta jinoyat fosh etilib, 930 mln. so‘mlik dori-darmon va tibbiy buyumlar daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yildi.

Chet elda ishlab chiqarilgan dorilarni yurtimizga yashirincha olib kirish yuzasidan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Xususan, Bekobod shahar bo‘limi xodimlari Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Bekobod shahar Sirdaryo ko‘chasida yashovchi A.X.ning xonadonini ko‘zdan kechirganda xorijda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan 319,3 mln. so‘mlik 254 dona «Blokium V-12» ampulasi, 112 dona «Blokium gel 50 gr», 114 dona «Faktor A-G 30 ml», 861 konvalyuta «Blokium fleks», 977 konvalyuta «Kariyer memantin 10 mg», 3729 dona «Rokit sitrat kaliya», 18 dona «Bigetrik» dorisi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Departamentning Toshkent tumani bo‘limi va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda fuqaro B.K. o‘zining tanishi A.I. bilan birgalikda fuqaro B.E.ga Andijon viloyatidan Toshkent tumaniga kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan 327,4 mln. so‘mlik 6600 dona «Tropikamid» va 8400 dona «Regapen» dorilarini sotish maqsadida berib yuborgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirgi kunda dorixonalarni koronavirusga qarshi dorilar bilan to‘liq ta’minlash choralari ko‘rilayapti. «Plakvinil», «Avirol», «Arbidol», «Ribaverin», «Rekutan», «Analgin», «Ergoferon» kabi dorilarning noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, departamentning Chirchiq shahar bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda M.S. ismli shaxs 30 quti «Ergoferon» dorisini 3 mln. 150 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Bundan tashqari, uning «Spark» avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, unda yana 6 quti «Ergoferon» dorisi borligi aniqlandi. Tadbir so‘ngida 36 quti dori ashyoviy dalil tariqasida olinib hujjatlar rasmiylashtirildi.

Departamentning Yuqorichirchiq tumani bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda T.R. va R.S. Rossiyada ishlab chiqarilgan «Arbidol» dorisining har qutisini 350 ming so‘mdan hisoblab sotayotganda noqonuniy savdoga chek qo‘yildi.

Hozir Toshkent viloyatidagi dorixonalarda dori va tibbiy buyumlarning narxini oshirmaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Narxlarning barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rilayapti.

Gulchehra Razzoqova,
departamentning Toshkent viloyati
boshqarmasi katta inspektori




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar