“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:50
ЎЗO‘Z

«Biz ham shu yurt kelajagimiz» – Rossiyadan videomurojaat yo‘llagan talabalar charter reys orqali vatanga qaytarildi

22 iyul, 11:16 2 405 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Biz ham shu yurt kelajagimiz» – Rossiyadan videomurojaat yo‘llagan talabalar charter reys orqali vatanga qaytarildi 15 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Cibir federal okrugi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba-yoshlar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga videomurojaat yo‘llab, o‘zlarini qiynayotgan muammo hal etilishida yordam so‘rashgan edi.

Murojaatda 100dan ziyod talaba O‘zbekistonga qaytish uchun charter reysga chipta xarid qilishgani, ammo navbat yetib kelmayotgani, mablag‘dan qiynalib qolishganini ma’lum qilishgandi. Ular orasida Rossiyada o‘qishni tamomlab, ro‘yxat qaydnomasi tugayotganlar ham bor edi. Ushbu murojaat 15 iyul kuni Kun.uz saytining telegramdagi kanali orqali yoritildi.

Ushbu talabalarning murojaati inobatga olindi – 22 iyul kuniga o‘tar kechasi, tungi soat 01.00da ular charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi. Toshkent xalqaro aeroportidan reportaj tayyorlagan Kun.uz muxbiri xabar berishicha, charter reysda 200 nafarga yaqin talaba olib kelingan.

Ibrohimbek Mahmudov, Sibir davlat tibbiyot universiteti farmatsevtika yo‘nalishi talabasi:
– Murojaatimiz bunchalik tez hal qilinadi, bir haftada reys tashkillashtirib berishadi, deb o‘ylamagandik. Avgust oynining boshlarida qaytishga umid bog‘lagan edik.

Jamshid Madaminov, Sibir davlat tibbiyot universiteti talabasi:
– O‘qib turgan joyimizda koronavirus bilan bog‘liq ravishda muhit og‘irlashgani bois O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘ldik. Talaba yoshlar bo‘lganimiz, charter reys orqali birinchi navbatda olib kelinadiganlar guruhiga kirmaganimiz tufayli bizni olib ketishga rozi bo‘lishmadi. Petitsiya yig‘ib, qo‘l qo‘yganimizdan keyingina bizni tinglashdi.

RANXiGS Sibir boshqaruv instituti 1-bosqich bitiruvchisi:
– Qaytganimizdan juda ham xursandman. Qayd etishim kerakki, sizda post chiqqandan keyin biz qaytishga muvaffaq bo‘ldik.

Zarina Vahobova, Sibir davlat tibbiyot universiteti stomatologiya yo‘nalishi talabasi:
– Murojaatimizga bunchalik tez javob bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Hukumat murakkab vaziyatda bizni tashlab qo‘ymagani uchun xursandman. Har holda, nima bo‘lganda ham biz shu mamlakatning kelajagimiz.

Endilikda talabalar karantin muddatini o‘tash uchun maxsus kuzatuv ostida Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar