“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 15:22
ЎЗO‘Z

Toshkentda o‘zini prezident administratsiyasida ishlashini aytib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

20 iyul, 14:14 2 849 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda o‘zini prezident administratsiyasida ishlashini aytib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi Joriy yilning mart oyida Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan birining rahbariga noma’lum kimsa qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Prezident Administratsiyasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan va uning qabuliga bir ona-bolani yuborayotganligini, zudlik bilan tibbiy muolaja ko‘rsatishi kerakligini tayinlagan.

Klinika rahbari uning rasmiy ohangdagi muomalasidan hech bir shubhaga bormasdan, qabuliga kelgan ayolning bolasini tekshiruvlardan o‘tkazadi. Natijada bolaning burnidagi o‘simtani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash zarurligi ayon bo‘ladi. Garchi bunday operatsiya o‘zining shifoxonasida amalga oshirilmasa-da, u 7,5 mln. so‘m sarflab, boshqa klinikada bu topshiriqni bajaradi.

Oradan bir oz muddat o‘tib, yuqoridagi shaxs klinika rahbariga yana qo‘ng‘iroq qiladi va ko‘rsatgan xizmati uchun minnatdorlik bildirib, endi unga yaxshilik qilmoqchi ekanligini aytadi.

Ya’ni, Toshkent shahridagi ko‘pqavatli uylarda egasiz, deb topilgan 11 ta xonadon borligini, ularning har birini 10 ming AQSH dollaridan jami 110 ming AQSH dollariga olib berishini bildiradi.

Uning gaplariga ishongan klinika rahbari arzon narxda taklif qilingan uylarni olishga rozi bo‘ladi va firibgar yuborgan odamga 10 ming AQSH dollarini dastlabki to‘lov sifatida beradi.

Joriy yilning iyul oyiga kelib esa, u yana qo‘ng‘iroq qiladi va go‘yoki shahar hokimining 11 ta xonadonga egalik huquqini beruvchi qarori chiqqanligini va buning uchun dastlab 50 ming AQSH dollari berishini, qolgan qismini esa ish to‘liq hal bo‘lganidan keyin berishi kerakligini aytadi.

DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarning nomidan kelgan uning turmush o‘rtog‘i va hamtovog‘i xususiy klinika rahbaridan 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

So‘ngra Toshkent shahridagi vaqtinchalik yashash manzilida firibgarning o‘zi – 1983 yilda tug‘ilgan X.B. ham qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi, hech qayerda ishlamaydigan ushbu shaxsning bu xatti-harakati birinchisi emas. Aniqlanishicha, u avval Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuboraman, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritib qo‘yaman, deya fuqarolarni aldab kelgan va Jinoyat kodeksining 168–moddasi, ya’ni firibgarlik bilan ayblanib, to‘rt marotaba sudlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida undan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 0
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 0
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 0
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 0
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Bo‘limlar