“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:46
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan davolanishda parhez qanday bo‘lishi kerak? Mutaxassis javob berdi

20 iyul, 08:45 3 985 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan davolanishda parhez qanday bo‘lishi kerak? Mutaxassis javob berdi Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimova COVID-19 bemorlari taomnoma masalasida nimalarga e’tibor berishlari kerakligini sanab o‘tdi.

«Bemor kun davomida taxminan 3 litr – har 15-20 daqiqada 1 piyoladan suv ichishi kerak. Suv ichgim ham, ovqat yegim ham kelmayapti, deydigan bemorlar ham bo‘ladi. Bu tabiiy. Chunki bu vaqtda organizmda intoksikatsiya jarayoni kuzatiladi. Lekin bemor o‘zini majburlab bo‘lsa ham ovqatlanishi, har ikki soatda oz-ozdan, kun davomida 6 mahal taom iste’mol qilishi kerak.

Ishtaha bo‘lmasa, og‘iz qurisa yoki ta’m bilish qobiliyati yo‘qolsa, limon singari achchiq mahsulotlardan ishtaha ochish uchun foydalanish mumkin.

Koronavirusdan davolanishda ovqatdan cheklovlar mavjud emas. Asosiysi, bemor yaxshi ovqatlanishi, oqsilli taomlar yeyishi kerak. Oqsil bu – immunitet. Interferon, virus bilan kurashuvchi tanachalar oqsildan iborat. Bemor oqsil qabul qilmasa, immunitet ham rivojlanmaydi
», – dedi mutaxassis «Tez yordam» dasturidagi chiqishida.

Shuningdek, bemorlarga imkon qadar shamollatilgan xonada bo‘lish tavsiya qilindi.
«Bemor imkoni bo‘lsa, oila a’zolarini xavfga qo‘ymagan holda hovlida, toza havoda harakatlanishi mumkin. Imkon bo‘lmasa, xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Chunki bemor har gal nafas chiqarganda virusli havo hosil qiladi.

Shuningdek, hozirgi jazirama kunlarda, ustiga-ustak isitma bo‘lgan bemorga qulaylik yaratish uchun konditsionerdan foydalanish mumkin. Bunda konditsioner haroratini 26-28 darajadan oshirmaslik, vaqt-vaqti bilan xonani shamollatish tavsiya etiladi
», – dedi Ra’no Qosimova.
parhez, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar