“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:12
ЎЗO‘Z

Shifokor: Koronavirus profilaktikasi uchun vitaminlarni sun’iy emas, tabiiy qabul qilgan yaxshiroq

20 iyul, 00:23 2 773 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shifokor: Koronavirus profilaktikasi uchun vitaminlarni sun’iy emas, tabiiy qabul qilgan yaxshiroq 19 iyul kuni «Tez yordam» loyihasining birinchi sonida virusolog Dildora Sekler koronavirusga chalingan va uyida davolanayotgan bemorning hali kasallik alomatlari sezilmayotgan oila a’zolari uchun tavsiyalar berdi.

«Bu holatda bemorning oila a’zolariga umumiy tavsiyalar beriladi. Masalan, ular vitamin D qabul qilishlari mumkin. Sababi dunyo bo‘ylab 80 foiz odamda bu vitamin yetishmovchiligi aniqlangan. Shuning uchun koronavirus yuqtirgan bemorning yaqinlariga profilaktik miqdorda vitamin D va C ichish tavsiya etiladi», – deydi virusolog.

Dildora Sekler
Uning ta’kidlashicha, profilaktik miqdorda qabul qilinadigan vitamanlarni shifokor tavsiyasiga asosan ichish shart emas. Vitaman D’ning profilaktik miqdori 2000–4000 mg atrofida, vitamin S – askorbinka kislotasining profilaktik dozasi esa kuniga 500 mg.ni tashkil etadi.

Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimova tavsiya qilingan bu tabletkalar dori vositasi emas, vitaminlar ekanini, lekin ular o‘rniga turli mevalar ham iste’mol qilish mumkinligini maslahat berdi.

«Vitamin S ovqat hazm qilish muammolari bor odamlarga, ho‘l meva yeyishga qiynaladigan paytda tavsiya qilinishi mumkin. Lekin agar odam o‘zini yaxshi his qilsa va sog‘ligida muammosi bo‘lmasa, tabletka ko‘rinishidagi vitaminlarni emas, balki mevalarni iste’mol qilishi yaxshiroq. Bunda vitamin sun’iy emas, tabiiy qabul qilinadi», – dedi Ra’no Qosimova.

Ra’no Qosimova
Immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jayeva esa hamma mevalarda ham vitamin D bo‘lmasligini, shuning uchun uni sun’iy ravishda ham qabul qilishga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

«Lekin vitamin D’ning toksik dozasi ham mavjud. Shuning uchun uni iste’mol qilmoqchi bo‘lgan odam qonida vitamin D’ning darajasini aniqlab olgani yaxshi. Agar bunga imkon bo‘lmasa, unda profilaktik dozada qabul qilsa, zarar qilmaydi», – dedi Aziza Xo‘jayeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar