“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:06
ЎЗO‘Z

«Tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi xavfsiz» — mutaxassis COVID-19’ning kechishidagi isitma haqida

19 iyul, 23:21 3 980 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi xavfsiz» — mutaxassis COVID-19’ning kechishidagi isitma haqida Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva
Tana haroratining ko‘tarilishi – organizmda virus bilan kurash borayotganini ko‘rsatuvchi tabiiy jarayon. 38 darajagacha bo‘lgan isitma xavfsizdir, deydi immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Kun.uz sayti va «Mening yurtim» telekanali hamkorlikda yangi «Tez yordam» ko‘rsatuvini tashkil etmoqda. Unda malakali mutaxassislar jonli efirda telefon orqali kelib tushgan koronavirusga oid savollarga javob berib borishadi.

19 iyul kuni dasturning ilk sonida DeFactum Laboratories tibbiyot klinikasi immunolog-infeksionisti, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jayeva COVID-19’da tana harorati ko‘tarilishi haqida so‘z yuritdi.

«Tana haroratining ko‘tarilishi – organizmning kasallikka universal reaksiyasidir. Sog‘lom tana O‘RVI, gripp, koronavirus kabi kasalliklarda o‘z kurashuvini isitma orqali namoyon qiladi. Bu paytda organizmning immun tizimi virus bilan kurashish uchun interferon ajratib chiqaradi. Interferon esa virusni yo‘qotish uchun harakat qiladi.

Isitma tushirildimi, demak, virusning ko‘payishi uchun qulay muhit qilib berildi, chunki interferonning ajralib chiqishi susayadi.
Tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi xavfsiz. Ammo 38 darajadan ko‘tarila boshlasa, keyin paratsetamol yoki boshqa dori berish mumkin.

Shuningdek, bemor turli sabablar bilan (surunkali kasalliklarning mavjudligi, organizmning o‘ziga xosligi, yosh bolalar) isitmani og‘ir kechirsa, o‘zini o‘ta noxush his qilsa, isitma tushiruvchi dori berish kerak bo‘ladi
», – deydi mutaxassis.

Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimovaga ko‘ra, virus bilan kurash jarayonida hammada ham isitma kuzatilmasligi mumkin.

«Harorat oshishi hamma bemorlarda ham bo‘lmaydi. Turli gormonlar qabul qilish, surunkali kasalliklar bo‘lishi natijasida immunitet zaifroq bo‘lishi va isitma namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Koronavirusda isitma ko‘tarilishi o‘rtacha hisobda 5-6 kun davom etib, shundan keyin 70-80 foiz bemor tuzalib ketmoqda. Ammo kasallik chuqurlashgan, o‘pkaga o‘tgan bo‘lsa, isitma uzoq davom etishi mumkin
», – deya ta’kidladi Ra’no Qosimova.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar