“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:20
ЎЗO‘Z

JSST samarasiz deb topgan dori O‘zbekistonda qo‘llanayotganiga izoh berildi

19 iyul, 17:05 2 962 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST samarasiz deb topgan dori O‘zbekistonda qo‘llanayotganiga izoh berildi Foto: AFP
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva JSST tomonidan samarasiz deb topilgan «Gidroksixloroxin» preparati O‘zbekistonda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlarni davolash uchun qo‘llanayotgani haqidagi munozaralar yuzasidan izoh berdi.

«2020 yil fevral oyida fransuz olimlari yangi koronavirusga qarshi ikkita mavjud dori preparatlari: gidroksixlorin va azitromitsinning kombinatsiyasidan foydalanishning klinik tajribasi muvaffaqiyatli natijasi to‘g‘risida ma’lum qilishdi.

Fransuz olimlari gidroksixloroxin preparatini alohida va antibiotik ta’sirga ega azitromitsin bilan birga COVID-19’ni davolash uchun birinchi marta klinik tajribadan o‘tkazishdi. Davolashning beshinchi kunida barcha bemorlarda koronavirusga test tahlili manfiy natija ko‘rsatdi. Ya’ni besh kun ichida klinik tajribadagi barcha bemorlar koronavirusdan sog‘ayishdi.

Xitoydagi tadqiqotlar ham bezgakka qarshi qo‘llanib kelingan ushbu dori pnevmoniya rivojlanishini to‘xtatishda, o‘pka holatini yaxshilashga va kasallik davomiyligini qisqartirishga samarali ta’sirini ko‘rsatgan. Tadqiqot mualliflari koronavirusni davolash uchun har kuni 500 mg xloroxinni 10 kun davomida qabul qilish yetarliligini ta’kidlashgan
», deydi shtab a’zosi.

Ma’lumot uchun, shu yilning iyunida AQSHning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni koronavirusdan davolashda bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlaridan foydalanishga bergan ruxsatini bekor qilgandi. Iyul oyida Braziliya infektologlari jamiyati gidroksixloroxinni Covid-19’ga qarshi samarasiz deb topdi va ushbu preparatdan foydalanmaslikka chaqirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu bori koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga tavsiya qilingan dorilar jamlanmasiga kiritilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar