“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:07
ЎЗO‘Z

Gidroksixloroxindan foydalanmang — braziliyalik shifokorlar. U O‘zbekiston SSV tavsiya qilgan dorilar ro‘yxatida bor

18 iyul, 13:10 3 552 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gidroksixloroxindan foydalanmang — braziliyalik shifokorlar. U O‘zbekiston SSV tavsiya qilgan dorilar ro‘yxatida bor Foto: AFP
Braziliya infektologlari jamiyati gidroksixloroxin dorisidan COVID-19 virusini davolashda foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda. “Zudlik bilan gidroksixloroxinni COVID-19ni davolashning har qanday bosqichida olish kerak”, — deyiladi shifokorlar bayonotida.

Olimlar mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligini koronavirusni yuqtirgan bemorlarni davolash usulini qayta ko‘rib chiqishga va bu kasallikni davolashda samara bermaydigan va aks ta’sirlar keltirib chiqaradigan dori uchun davlat mablag‘larini sarf qilmaslikka chaqirgan. Ma’lum qilinishicha, Braziliya prezidenti Bolsonaru ayni vaqtda davolanish uchun gidroksixloroxindan foydalanmoqda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ga qarshi kurash uchun sinaladigan dorilar ro‘yxatidan gidroksixloroxinni chiqarib tashlagan edi. Iyun oyi boshida Oksford olimlari, ushbu dori kasallikni davolashda yordam berishini isbotlovchi alomatlarni topa olishmagandi.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, gidroksixloroxinni qabul qilgan bemorlarning 25,7 foizi 28 kun ichida vafot etgan. Bu malhamni qabul qilmaganlar orasida o‘lim darajasi 23,5 foizni tashkil etgan. AQSH sog‘liqni saqlash milliy institutlari (NIH) ham gidroksixloroxinning koronavirusga qarshi dori sifatidagi klinik sinovlarini to‘xtatgandi.

Bundan avvalroq, Ispaniya dori vositalari va tibbiy mahsulotlar agentligi ham bezgakni davolashda keng qo‘llaniladigan gidroksixloroxinning klinik sinovlarini to‘xtatishga qaror qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar