“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:28
ЎЗO‘Z

7 hududda yangi holatlar aniqlandi, jami holatlar soni 15 mingdan oshdi

17 iyul, 07:00 2 168 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
7 hududda yangi holatlar aniqlandi, jami holatlar soni 15 mingdan oshdi 16 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 485 holat qayd etildi va jami holatlar soni 15066taga yetdi. Bugun 128 bemor tuzalib, shu vaqtgacha sog‘ayib chiqqanlar soni 8783tani tashkil etmoqda.

«Shu yilning 16 iyul kuni mamlakatimizda 485 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 97 nafari Karantin muassasalarida, 349 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Kecha respublikaning 7 hududida yangi holatlar aniqlangan.

Karantin markazi (+97)
Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 97 holat aniqlandi.

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olinganlar (+349)
Toshkent shahrida 245 nafar;
Surxondaryo viloyatida 35 nafar;
Toshkent viloyatida 34 nafar;
Qoraqalpog‘istonda 17 nafar;
Namangan viloyatida 9 nafar;
Navoiy viloyatida 6 nafar;
Farg‘ona viloyatida 3 nafar.

Aholi orasida (+39)
Toshkent shahrida bugun yana 284 kishida koronavirus chiqdi, shundan 39 holat aholi orasida qayd etildi.

Tuzalganlar (+128)
Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 95 nafar;
Namangan viloyatida 10 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar;
Navoiy viloyatida 7 nafar;
Xorazm viloyatida 4 nafar;
Buxoro viloyatida 3 nafar.
Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 8783 nafarga (58 foiz) yetdi.

Kecha 4 o‘lim qayd etildi va jami o‘limlar soni 75taga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6208 nafar bemordan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 57 365 nafar, statsionar karantinda esa 21 779 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 110
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 70
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar