“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 13:13
ЎЗO‘Z

Rossiyada kasallanganlar soni O‘zbekistondagidan ko‘p bo‘lsa-da, nima uchun niqob taqib yurish bekor qilingan?

17 iyul, 00:07 5 598 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada kasallanganlar soni O‘zbekistondagidan ko‘p bo‘lsa-da, nima uchun niqob taqib yurish bekor qilingan? Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Rossiyada kasallanganlar soni O‘zbekistondagidan ancha ko‘p bo‘lganiga qaramay nima uchun niqob taqib yurish bekor qilingani, mamlakatimizda esa bu talab bekor qilinmayotganiga to‘xtaldi.

«Avvalambor ta’kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasida niqob taqib yurish butunlay bekor qilingani yo‘q. Transportda, bozorlar, do‘konlar va boshqa aholi to‘planadigan joylarda niqob taqish talabi saqlanib qolgan.

Faqatgina ko‘chada yurganda niqob «taqish shart» degan yondashuv «taqish shart emas» degan qarashga almashtirildi. Qolaversa, har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o‘zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. Bizda esa mamlakatimizdagi epedimiologik vaziyat va xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga asoslanib, bu talab saqlanib turibdi
», dedi Nurmat Otabekov.

Bosh davlat sanitariya inspektori, shuningdek, Isroil olimlari koronavirusga qarshi dori nima uchun aynan O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgani, o‘zbekistonlik mutasaddilar qaysi sabablarga ko‘ra bunga rozi bo‘lishayotgani haqidagi savolga ham javob berdi.

«Birinchidan, bu ma’lumotning nechog‘li asosli ekani to‘g‘risida shubha bor. Negaki, Isroil davlatining aholisi 9 mln atrofida. Ushbu davlat hozir har kuni 3 mingdan ko‘p bemor ro‘yxatga olinayapti. Demak, isroillik mutaxassislarning O‘zbekiston hududiga kelib qandaydir tahlillar olishidan ko‘ra o‘z davlatlaridagi muammo bilan ko‘proq shug‘ullanishlariga ehtiyoj bor.

Agar mabodo qaysidir davlat aholimizning koronavirunisga nisbatan immuniteti darajasini baholash, kasallikka chidamliligini o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni taklif qiladigan bo‘lsa, bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Albatta, biz aholimizning necha foizida immun to‘sig‘i shakllanganini bilib qo‘ysak bu keyinchalik kasallikning qancha muddat davom etishi bo‘yicha tasavvurlarimizning shakllanishida muhim hisoblanadi
», deydi Nurmat Otabekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 0
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 9
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 8
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 4
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 85
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 107
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 62
  • Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 30 apr, 06:39 48
  • Bo‘limlar