“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:55
ЎЗO‘Z

InfinBank’ning to‘rt nafar xodimida koronavirus aniqlandi

16 iyul, 18:35 2 488 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
InfinBank’ning to‘rt nafar xodimida koronavirus aniqlandi InfinBank Qashqadaryo viloyat filialining to‘rt nafar xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralari kuchaytirilishi e’lon qilinganidan buyon InfinBank filiallari, xususan, Qashqadaryo viloyat filiali ham 9 iyuldan buyon masofadan turib va onlayn tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatish rejimiga o‘tkazilgan.

Profilaktika doirasida bank filiallarida barcha xodimlar koronavirusga testdan o‘tkazilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyat filialining barcha xodimlari 13 iyul kuni testdan o‘tkazilgan bo‘lib, test natijalari 14 iyul kuni ma’lum bo‘lgan. Musbat natija 9 iyuldan buyon masofadan turib ishlashga o‘tkazilgan 4 nafar xodimda qayd etilgan va ular o‘sha kuniyoq uy sharoitida to‘liq izolyatsiyaga olingan.

Bu haqda amaldagi epidemiologik protokol talablaridan kelib chiqib SEOA muassasasi xabardor qilingan.

Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan va uyda turib davolanayotgan to‘rt nafar xodimning ahvoli hozir yaxshi, ularning salomatligi tibbiyot xodimlari tomonidan monitoring va nazorat qilib turilibdi. Qashqadaryo viloyat filiali o‘rnatilgan tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Shuningdek, bundan buyon ham bank jamoasi va mijozlari salomatligini ta’minlash maqsadida bank va uning filiallarida profilaktika tartibida xodimlarning (ular bank binolari yoki masofada turib ishlayotganidan qat’iy nazar) testdan o‘tkazish tadbirlari davom ettirilishi ta’kidlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar