“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:51
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etayotganlarning o‘limiga asosan ortiqcha vazn va pnevmaniya sabab bo‘lyaptimi?

16 iyul, 17:48 3 228 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etayotganlarning o‘limiga asosan ortiqcha vazn va pnevmaniya sabab bo‘lyaptimi? Koronavirus oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklarning aksariyatida ortiqcha vazn bo‘lgani ma’lum qilindi. Biroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov aynan shu narsa bemorning o‘limiga sabab bo‘lgan degan fikrga qo‘shilmasligini aytdi.

«Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatida ortiqcha vazn, surunkali kasalliklari borligi rost. Ortiqcha vazn nafaqat koronavirus kasalligida, balki, boshqa ko‘plab yuqumli kasalliklarga chalinganda ham qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi.

Chunki ortiqcha vaznga ega bemorlarda har qanday yuqumli kasalliklarning kechishi og‘ir bo‘ladi, vaznning me’yoridan ko‘pligi davolash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin aynan ortiqcha vaznga egalik o‘limga sabab bo‘ldi degan fikrdan yiroqmiz
», deydi Nurmat Otabekov.

Davlat bosh sanitariya inspektoriga ko‘ra O‘zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o‘lim holatlarining aksariyati pnevmaniya, nafas olish tizimidagi muammolar bilan bog‘liq.

«Pnevmoniya kasalligi bu o‘pkaning yallig‘lanishi bo‘lib, uning etiologik omillari, ya’ni yuzaga kelish sabablar juda ko‘p. Bakterialar, viruslar, zamburug‘lar va biron-bir toksik moddalar pnevmaniyani keltirib chiqarishi mumkin.

Lekin bitta narsani aniq bilamiz. Koronavirus kasalligining aksariyat hollarda uchrayotgan eng jiddiy asoratlaridan biri bu o‘pka yallig‘lanishi, ya’ni pnevmoniya hisoblanadi. Bu nafaqat o‘choqli pnevmaniya, balki o‘pkada jiddiy muammolarni yuzaga kelishi barobarida O‘zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o‘lim holatlarining aksariyati aynan ushbu asorat, ya’ni nafas olish tizimidagi muammolar bilan bog‘liq.

Pnevmaniya aynan koronavirus bilan chaqirilganmi yoki boshqa bir ekologik omil bilan chaqirilganmi, bundan qat’i nazar unga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak. Qachonki nafas tizimi izdan chiqar ekan, organizmda to‘qimalarni kislorod bilan to‘yintirish, to‘qimalardagi karbonad angidritni, zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuborish uchun o‘pka faoliyati o‘ta zarur hisoblanadi
» deydi Nurmat Otabekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar