“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 08:05
ЎЗO‘Z

Endi hududlardagi sektorlarning to‘rt rahbari bemorlar holidan xabardor bo‘lishi shart

16 iyul, 09:06 1 979 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi hududlardagi sektorlarning to‘rt rahbari bemorlar holidan xabardor bo‘lishi shart O‘zbekistonda, ayniqsa Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha kechagi taktika, kechagi strategiya bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi, deya fikr bildirdi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

«Avval virusni aniqlab, undan so‘ng davolashga o‘tgan bo‘lsak, hozirgi holat zudlik bilan yordam berish kerakligini ko‘rsatmoqda», dedi Musayev 15 iyul kuni prezident videoselektoridan so‘ng bergan intervyusida.

Hukumat vakiliga ko‘ra, Toshkent shahrida 135ta tez tibbiy yordam mashinasi bo‘lib, birinchi bosqichda zudlik bilan yana 50ta mashina ikki kun ichida jihozlanib, yo‘lga qo‘yiladi. Poytaxtdagi koll-markazda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar soni 40 nafardan 100 kishiga yetkaziladi.

«Bugun Toshkent shahridagi poliklinikalarga 750ta mobil telefon yetkazib berildi. Shifokorlar kun davomida uch mahal o‘zini-o‘zi davolash bilan shug‘ullanayotgan bemorlardan qo‘ng‘iroq qilib hol-ahvol so‘raydi hamda kerakli maslahatlarni beradi», – dedi Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

U bugungi muammo nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining, balki barcha darajadagi hokimlarning ham muammosi ekanini qayd etdi.
Musayevning so‘zlariga ko‘ra, hududdagi sektorlarning to‘rt rahbari bemorlar holatidan xabardor bo‘lishi shartligi belgilandi. Bu orqali ular aholining dard va muammolari hamda hududdagi sog‘liqni saqlash tizimi holatini yaqindan biladi.

Bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yilganini ham ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi vaziyat og‘irligini qayd etib, muammolarni hal qilish choralarini belgilab berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 41
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 207
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 72
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar