“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:55
ЎЗO‘Z

COVID-19'ga qarshi Yaponiyada ishlab chiqarilgan dori vositalari olib kelindi – Alisher Shodmonov

16 iyul, 08:43 3 506 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
COVID-19'ga qarshi Yaponiyada ishlab chiqarilgan dori vositalari olib kelindi – Alisher Shodmonov O‘zbekistonga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan «Avigan» (favipiravir) dori vositasi keltirildi. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma’lum qildi.

Shodmonovning bildirishicha, har bitta tez yordam stansiyasida qo‘shimcha tez yordam brigadalari, poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil etiladi hamda uyida davolanayotgan bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

«Shifoxonada va uyida davolanayotgan barcha bemorlar uchun oliy ta’lim muaasasalari va respublika markazlaridagi yetakchi olim va mutaxassislarni biriktirish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, aholi orasida sarosimani kamaytirish nuqtayi nazaridan koll-markazlar soni hamda ularda ishlaydigan xodimlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kuni kecha mamlakatimizga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan, eng samarali dorilardan biri bo‘lgan «Avigan» dorisi keltirildi. Shifoxonalardagi bemorlarimiz uchun yetarli miqdorda dorilar mavjud.

Bundan tashqari, prezidentimiz tomonidan har bir viloyat, har bir tumanda dori-darmon zaxiralarini yaratish topshirig‘i berildi
», dedi Alisher Shodmonov 15 iyuldagi prezident videoselektoridan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda vazir Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan birgalikda koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar