“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:01
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi

16 iyul, 06:27 1 973 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi holat bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini bildiradi», — deyiladi bayonotda.

«Mazkur hududdagi holatning yanada keskinlashishi tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, MDH hududidagi muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiyalarni buzishi, mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin», — deya hisoblaydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

«O‘zbekiston tomonlarning o‘ta sabr-toqatli bo‘lishi tarafdori va holatni barqarorlashtirish hamda mazkur vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralarga chaqiradi», — deya ta’kidlanadi bayonotda.

Shu o‘rinda, Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan.
Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi harbiy to‘qnashuv 12 iyul kuni yuzaga kelib, Gruziya bilan chegaradosh bo‘lgan va Tog‘li Qorabog‘dan bir necha yuz kilometrda joylashgan Tovuz va Tavush tumanlarida davom etmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti.

Rasmiy Boku bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 11 nafar ozarbayjonlik harbiylar halok bo‘lgan, ular orasida general ham bor. Armaniston tomoni ikki nafar ofitserning halok bo‘lganligi va besh nafarining yaralanganini ma’lum qildi. Tomonlar otishmalarda bir-birlarini ayblashmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar