“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:45
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura sog‘ odamlardan «COVID-19’dan davolandi» deb katta xarajatlar yozilgan hujjatlarga imzo qo‘ydirish holatlarini o‘rganadi

16 iyul, 00:16 2 437 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura sog‘ odamlardan «COVID-19’dan davolandi» deb katta xarajatlar yozilgan hujjatlarga imzo qo‘ydirish holatlarini o‘rganadi Bosh prokuratura Telegram’dagi «Troll.uz» kanalida tarqalgan xabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazadi. Kanalda COVID-19’ga topshirgan test natijasi «manfiy» chiqqan odamlarni karantinda ushlab turib, ma’lum muddat o‘tgach ularni koronavirus infeksiyasidan davolash uchun millionlab so‘m xarajat qilingani haqidagi hujjatlarga imzo qo‘ydirib olish holatlarining uchragani haqida post e’lon qilingandi. «Gazeta.uz» nashrining yozishicha, Bosh prokuratura matbuot xizmati bu borada o‘rganish o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Kanalda tarqalgan axborot yuzasidan Bosh prokuraturaning Sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkaziladi. Bosh prokuratura axborot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri kanalda qayd etilgan holatga o‘xshash vaziyatlar kuzatilmagan.

«Troll.uz» kanalining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda odamlardan shunday qalbakilashtirilayotgan hujjatlarga imzo qo‘ydirish holatlari haqidagi postlar yetarlicha topiladi. Blog muallifi Umid G‘ofurovning aytishicha, u 50 nafar odamdan shunga o‘xshash holatlar bo‘yicha xabarlar olgan. Shuningdek, u ushbu vaziyatda dalillarni topish mushkulligi sababi karantin hududlarining ayrimlarida telefonlar olib qo‘yilishini ta’kidlagan.

«Qarindoshimni COVID-19’ga gumon qilib olib ketishdi. Testlar ‘manfiy’ deb topildi. Ammo undan 35 million so‘m miqdoridagi xarajatlar yozilgan hujjatlarga imzo qo‘yishni so‘rashgan. Ayol bunga javoban buncha puli yo‘qligini aytgan, shunda karantin hududidagilar hammasi davlat tomonidan to‘lanishini tushuntirgan», — deyiladi xabarlardan birida.

Boshqa maktublarda mualliflar ulardan 25 million so‘mlik hujjatlarga imzo qo‘yish so‘ralgani, ammo dorilar bemorlarning hisobidan xarid qilinganini yozib murojaat qilgan.

«Bemor vafot etganidan keyin 60 millionlik hujjatlarga imzo qo‘yishimizni so‘rashdi, aks holda mayitni bermasliklarini aytishdi. Janjal-to‘polondan keyin jasadni kasalxonadan olib ketdik», — deb yozgan boshqa bir fuqaro.

Shuningdek, yana bir xatda vafot etgan bemorning oilasiga 1500 ming AQSH dollari taklif qilingani va ulardan fuqaroning virusdan o‘lgani haqida hech kimga aytmaslik so‘ralgani bayon qilingan hamda oila karantinga olingani, ushbu pullar to‘lab berilgani aytilgan.

Yana bir murojaat Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan yo‘llangan: «Hammadan o‘n millionlab pullar sarflangan muolajalar yozilgan hujjatlarga imzo qo‘yish so‘ralmoqda, shuning uchun ham ko‘pchilik, davlat amaldorlari pul ishlayotganini bilib, karantinga jiddiy munosabat bildirmay qo‘ydi».

2020 yil aprel oyida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus infeksiyasidan muolaja qilinayotgan bemorlarga 32 million so‘mdan 64 million so‘mgacha mablag‘ sarf qilinayotganini bildirgandi.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, nashr vazirlikka COVID-19’ga chalingan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiyot xizmatlarining narxlarini oshkor qilish yuzasidan so‘rov yuborgan, ammo SSVdan bu borada hanuzgacha javob qaytarilmayapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar