“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:06
ЎЗO‘Z

«Sulton Tex Group» Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni sudga berdi

16 iyul, 00:27 4 107 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sulton Tex Group» Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni sudga berdi Qarshi tumanida paxta yetishtirish klasteri bilan shug‘ullanuvchi «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayevlar ustidan Qibray tuman ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritdi.

«Sulton Tex Group» xususiy korxonasi va Qarshi tuman hokimligi o‘rtasidagi nizo hamon davom etmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi Qibray tuman ma’muriy sudiga Bosh vazirning agrar va oziq ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari buyicha o‘rinbosari – Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati va salohiyatini baholash bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi rahbari O‘ktam Barnoyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayevlarning Vazirlar Mahkamasida 2020 yil 8 aprelda o‘tkazilgan yig‘ilishga «Sulton Tex Group» xususiy korxonasining qonuniy manfaatlarini buzadigan asoslantirilmagan ma’lumot taqdim etish bilan bog‘liq va yig‘ilish bayonida korxonaga biriktirilgan paxta tozalash zavodining bino va inshootlarini qaytarish, korxonasining paxta to‘qimachilik klasteri faoliyatni to‘xtatish va o‘rnida fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasi tashkil etish to‘g‘risida qaror qilinishi bilan bog‘liq korxonaning qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlarini qonunga xilof deb topish haqida shikoyat arizasi kiritgan.

Ushbu ma’lumotlarni Qibray tuman ma’muriy sudi mas’ullari tasdiqladi.
Dastlabki sud majlisi shu yilning 9 iyul kuni Qibray tuman ma’muriy sudida bo‘lib o‘tgan. Sud majlisi javobgarlarning hech biri sudda ishtirok etmagani sababli shu yilning 16 iyul kuni soat 11:00ga qoldirilgan.

«Sulton Tex Group» xususiy korxonasining Qarshi tumanida paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri faoliyatini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida biriktirilgan 15 ming gektar ekin maydoni Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev imzolagan yig‘ilish bayoniga asosan hokimlik zaxirasiga qaytarib olingandi.

Keyinchalik, Qarshi tuman ma’muriy sudi Qarshi tuman hokimi va hokimlik mansabdor shaxslariga «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi klaster faoliyatiga aralashish, uning 2020 yil uchun fermerlar bilan tuzgan shartnomasini bekor qilish yoki o‘zgartirishga urinishi taqiqlab qo‘yilgandi.

Hozirda sudning mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan Qarshi tuman prokurori tomonidan protest kiritilgani va ish Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar