“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:42
ЎЗO‘Z

Muammoni hal qilish choralari: qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etiladi, dori-darmon zaxirasi shakllantiriladi

15 iyul, 23:50 1 930 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muammoni hal qilish choralari: qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etiladi, dori-darmon zaxirasi shakllantiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi vaziyat og‘irligini qayd etib, muammolarni hal qilish choralarini belgilab berdi.

Xususan, Respublika maxsus komissiyasiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko‘rsatmasi berilgan. Ushbu shtablar vaziyatni real vaqt rejimida nazorat qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish choralarini ko‘radi.

Shuningdek, Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi poliklinikalar huzuridagi mobil guruhlar sonini uch barobar ko‘paytirish vazifasi yuklatildi. Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy sonini yana 1000 o‘ringa ko‘paytirish topshirig‘i berildi.

Poytaxtda dori-darmon yetkazilishi va narxi barqarorligini ta’minlash, shoshilinch tibbiy yordam xizmati va koll-sentrlar ishini samarali tashkil etish, COVID-19 bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, kasallar uchun qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etish, shuningdek, karantin hududlaridagi shaxslarni uy karantiniga bosqichma-bosqich o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi, zarur choralar belgilandi.

Aholidan murojaatlar soni keskin ortib borayotganini hisobga olib, koll-sentrlar aloqa vositalari va operatorlari sonini kamida ikki barobarga oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Toshkent shahar hokimligiga kamida 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

«Hozirgi sinovli vaziyatda kundalik ehtiyoj mollari va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli bo‘lishi, narxlari asossiz oshib ketmasligi juda muhim. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga bu masalani qat’iy nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Pandemiyaga qarshi kurashish, karantin qoidalariga amal qilish, ijtimoiy masofani saqlashning ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bu borada qilinayotgan kundalik ishlarni xolis va tezkor yoritish muhimligi ta’kidlangan.
Koronavirus kasalligini davolash bilan bog‘liq barcha jarayonlarga, jumladan, Toshkent shahridagi ishlarga mas’ullar biriktirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar