“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:21
ЎЗO‘Z

Olimlar xolesterinni kamaytiruvchi dori koronavirusni davolashda naf berishini aniqladi

15 iyul, 15:13 2 605 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar xolesterinni kamaytiruvchi dori koronavirusni davolashda naf berishini aniqladi Foto: Yossi Zeliger/Flash90  
Isroillik olimlar inson tanasida xolesterin miqdorini kamaytirish uchun qo‘llaniladigan «Fenofibrat» dori vositasi koronavirusni davolashda yordam berishi mumkinligini aniqladi.

«O‘nlab yillar davomida farmatsevtika bozorida mavjud bo‘lgan oddiy dori koronavirusni davolashda samarali bo‘lishi mumkin. Al-Qudsdagi Ibroniy universiteti tadqiqot guruhi o‘tkazgan dastlabki tadqiqotlar istiqbolli bo‘lib chiqdi», deb yozadi universitet matbuot xizmati.

Olimlar jamoasi uch oy davomida SARS-CoV-2 bemorlarning nafas olish yo‘llari va o‘pkasini qanday o‘zgartirishini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus uglevodlarning odatiy parchalanishiga xalaqit beradi. Oqibatda hujayralarda ko‘p miqdorda yog‘ to‘planib qoladi va bu virusning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Laboratoriya tadqiqotlarida «Fenofibrat» dori vositasi qo‘llanganda u «istiqbolli natijalarni» ko‘rsatdi: ushbu dori vositasi o‘pka hujayralarida ko‘proq yog‘ parchalanishiga imkon berishi bilan birga hujayralar tomonidan virus saqlab qolinishini cheklab, shu orqali SARS-CoV-2 ko‘payishining oldini olishi aniqlandi. Universitet matbuot xizmatining xabar berishicha, atigi besh kunlik davolanish muddatida «Fenofibrat» dori vositasi bilan davolangan bemorlarda virus batamom yo‘q bo‘lgan.

«Agar bizning xulosalarimiz klinik tadqiqotlarda tasdiqlansa va qo‘llab-quvvatlansa, bu davolash usuli COVID-19 asoratini yengillashtirib, uni oddiy shamollash kasalligi darajasiga tushirishi mumkin», deydi Al-Qudsdagi universitet professori Yaakov Namias.

Oldinroq AQSHda ishlab chiqarilgan vaksina odamlarda kuchli immunitet paydo qilgani aytilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar