“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:31
ЎЗO‘Z

MIB: karantinda ham Qashqadaryodagi oilalar yarashtirilmoqda

15 iyul, 12:41 2 171 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB: karantinda ham Qashqadaryodagi oilalar yarashtirilmoqda Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar tarbiyasi izdan chiqib ketishiga avvalo ota-onalar ajrashishi sabab bo‘lmoqda. Ajrashib yashayotgan ayrim ota-onalar farzandlarining tarbiyasida umuman ishtirok etmasligi, hatto farzandi moddiy ta’minotini ham ixtiyoriy amalga oshirmayotganligi achinarli holat.

Majburiy ijro byurosi xodimlari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida nafaqat aliment qarzdorliklarini undirib, to‘lamaganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi, balki voyaga yetmagan bolalar taqdiriga befarq bo‘lmagan holda ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 12.06.2020 yildagi qarzdor G‘.Turdimurodovdan undiruvchi X.Avazova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha oilaning muqaddasligi va farzandlarning ertangi taqdiri to‘g‘risidagi tushuntirishlar natijasida oilaviy kelishmovchilikka chek quyildi.

Tushuntirishlar natijasida bu oila qayta tiklandi. Yosh oilaga kelgusida tinch-totuvlikda birgalikda uzoq umr kechirishlariga tilak bildirildi. Karantin davrida shuningdek, Majburiy ijro byurosining Dehqonobod tuman bo‘limi ham oilalarni yarashtirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Jumladan, FIB Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 10.06.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor N.Ergashevdan undiruvchi R.Imomovaning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi, bu oilaning ham yarashganligi munosabati bilan ijro hujjati yakunlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar