“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:57
ЎЗO‘Z

Prezident topshirig‘i: hokimlar ijtimoiy tarmoqlardan tushgan savollarga har kuni javob beradi

15 iyul, 00:25 2 158 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident topshirig‘i: hokimlar ijtimoiy tarmoqlardan tushgan savollarga har kuni javob beradi Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kungi videoselektor yig‘ilishi avvalida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga to‘xtalib, bu borada hokimlar va sektor rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.

«Yana bir marta aytmoqchiman – ayniqsa Toshkent shahar rahbariyatiga, hamma hokimlarga – karantin normalarini qayerda yumshatish kerak, qayerni yopish kerakligi bo‘yicha, shahar, viloyat, tuman rahbarlari, o‘zlaring qaror qabul qilishlaring kerak.

Rahbarning eng katta rahbarligi – hozirgi mana shunday og‘ir sharoitda eng to‘g‘ri yo‘lni topish. Eng to‘g‘ri yo‘lni hududning rahbari biladi. Tuman, shahar, viloyat rahbarlari biladi», – dedi davlat rahbari.

Prezident COVID-19`ga qarshi vaksina topilishi bilan uni xarid qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini aytdi.
«Tezroq olimlar vaksina topganda edi, tezroq, qanchaga bo‘lishidan qat’i nazar, xalqimizga yetkazib kelishga hamma choralarni ko‘ramiz. Lekin ming afsus, bu savolga javob yo‘q.

Shuning uchun bugun shunday topshiriq bo‘ldi: to‘rtta sektor alohida o‘z hududi bo‘yicha dori-darmonning zaxirasini, har bir viloyat, o‘zi o‘ziga yaratadi. Zaxira uch oylik bo‘lishi kerak. Bunga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa beramiz, lekin bironta aptekada dori-darmon vositalari qimmatlashsa, odamlarimizning noroziligiga olib keladi. Mana shuni qattiq nazoratga olishlaring kerak.

Yana bir marta aytaman, zaxiralarimizda hamma narsa bor. Yo‘g‘i olib kelinyapti. Lekin shu bilan birga, joyiga yetib borishi qiyin bo‘lyapti. Har bir hududda narx-navo har xil bo‘lyapti. Shuning uchun zaxira yaratib, narx-navosiga juda qattiq e’tibor qilish kerak.

Eng katta masala – bozorda narx-navo ko‘tarilishi kerak emas. Viloyatning to‘rtta rahbari o‘z hududidagi bozorlarni nazorat qilib turishi kerak. Oziq-ovqat bo‘yicha O‘zbekistonda muammo yo‘q. Xudoga ming qatla shukr, hozir pishiqchilik. Hamma narsani xalqimizga arzon, sifatli mahsulot yetkazib berish choralarini ko‘rishiz kerak. Qishga tayyorgarlikni hozirdan boshlaymiz.

Hokimlarga shunday topshiriq: ertalab bir soat – 8dan 9gacha, kechqurun 21dan 22gacha ijtimoiy tarmoqlardan tushgan savollarga mukammal javob berasizlar. Xalqimiz hamma narsani bilishi kerak. Mana shunga e’tibor qilamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar