“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:32
ЎЗO‘Z

Qashqadaryolik deputat uni prezident tayinlaganini ta’kidladi

14 iyul, 16:50 3 095 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryolik deputat uni prezident tayinlaganini ta’kidladi Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zLiDeP a’zosi, xalq depututlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Gulnora Odilovaga oid video tarqaldi. Videoda "xalq vakili" Shahrisabzda yer ustida bir fuqaro bilan mojaroga kirishadi. “Menga buni Prezidentning o‘zi o‘ng qo‘llab “dokument” qilib beradi, ko‘rasan. Ana shu Prezident meni deputat qilibdimi, uning o‘zi to‘g‘ri qilibsan, deydi. Bundan battar qilgin, deydi. Senga kelib aytadi, aynan” deydi u.

«Qashqadaryo» gazetasining xabar berishicha, xalq deputatlari viloyat Kengashining reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida mazkur holat Gulnora Odilova ishtirokida muhokama qilindi.

Yig‘ilishda G.Odilova xatti-harakatlarini jahl ustida qilganini tan olib, adashganini, chin dildan pushaymonligini bildirib, butun saylovchilari va xalqdan uzr so‘radi.

Doimiy komissiya a’zolari bildirgan fikr-mulohazalar va munosabatlar asosida qaror qabul qilinib, xalq deputatlari viloyat Kengashi navbatdagi sessiyasida muhokamaga kiritish uchun taqdim etilgan.

Bu qashqadaryolik deputatlarning birinchi marta "huquqiy savodxonlik" borasida "qovun tushirishi" emas. Avvalroq xalq deputatlari Qarshi tuman kengashida deputat, maktab direktori Feruza Ahmedova sud qarori borasida “Daryo” muxbiriga intervyu berarkan, “Qaror qanday qilib O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqar ekan, ishni o‘zimizning Qarshi tumani ma’muriy sudi ko‘rib chiqqan-ku”, degan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar