“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 01:06
ЎЗO‘Z

Toshkentda har ikki haftada kasallanish holatlari soni ikki barobar o‘smoqda

13 iyul, 22:21 2 310 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda har ikki haftada kasallanish holatlari soni ikki barobar o‘smoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov O‘zbekistonda qat’iy karantin tartiblarining qaytarilishi sabablarini ma’lum qildi.

«Hozirgi kunda 5 mingdan ortiq koykalarda koronavirus yuqtirgan bemorlar davolanyapti va bu juda katta raqam. Karantin kuchaytirilishining asosiy sababi ham bu raqamlarni kichraytirish bilan bog‘liq.

Kasallanish sonining 2ga ko‘paytirilish davri koronoavirus tarqalishini aniqlash uchun eng asosiy ko‘rsatkich sanaladi. Respublikaning asosiy hududlari yashil bo‘lib turgan paytda koronavirus kasalligining ikkilanish ko‘rsatkichi 10-11 haftani tashkil qilgan bo‘lsa, hozir respublika bo‘yicha ikkilanish davri o‘rtacha 3 haftadan sal ko‘proq, Toshkentda esa 2 haftaga qisqargan
», dedi Habibullo Oqilov.

Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, oldin kasallanish holatlari, asosan, chet eldan qaytgan vatandoshlarimiz ichidan chiqqan bo‘lsa, hozirga kelib, kasallanayotganlarning teng yarmi aholi orasidan chiqmoqda. Bu kasallik ikkilanish davrining oldingiga nisbatan qisqarishiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, shtab a’zosi koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobini kasallikdan davolanayotganlarga quyish amaliyoti boshqa davlatlarda yetarli samara bermagani bois O‘zbekistonda ham hozircha qo‘llanmayotganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus bemorlarini davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalanilish yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingandi.

Keyinroq O‘zbekistonda ham koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan virus yuqtirgan boshqa bemorlarni davolashda foydalanish usuli Virusologiya instituti klinikasida ikki nafar bemorda qo‘llab ko‘rilgani, lekin uning samarasi to‘g‘risida ma’lum qilish uchun hali erta ekani haqida aytilgandi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 49
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 0
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Bo‘limlar