Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot sohasini rivojlantirishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avval bu o‘rinda ishlagan Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zA direktori o‘rinbosari lavozimini egallagan.