“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:14
ЎЗO‘Z

Bo‘kada aholi bandligini ta’minlash

13 iyul, 13:05 2 200 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bo‘kada aholi bandligini ta’minlash Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi aholining o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari uchun soliq idolari xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Birgina Bo‘ka tumanida yil oxiriga qadar mingdan ortiq fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ayni paytgacha yuzga yaqin fuqarolar mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib ma’lumotnomaga ega bo‘ldilar.

Xususan, tumanning Ko‘korol MFY Namuna ko‘chasi 36-xonadonida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan, nogiron farzandi bor Sadoqat Imomqulovaning tikuvchilikda tajribasi yetarli bo‘lsada, ishlashga sharoiti yo‘q edi. Viloyat soliq organlari xodimlari tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy ahvoli o‘rganildi va tikish mashinasi olib berildi. U shu kunning o‘zida "SOLIQ" mobil ilova orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va faoliyati mehnat daftarchasida qonuniy qayd etiladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari 4 – sektor hududlarida xalqni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning yaxshi hayot kechirishi uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda hududda jami, 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, ulardagi umumiy aholi soni 16 ming 713 nafarni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 4-sektor hudida istiqomat qilayotgan 6 nafar fuqarolarga qoramol, 50 nafar fuqarolarning har biriga 1 mln. so‘mdan pul mablag‘lari va oziq-ovqat mahsulotlari berildi. 309 nafar fuqarolarga esa 50 sotixdan yer maydonlari ajratildi.

- Menga ham dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratildi, - deydi, Cho‘lobod MFY Qodirqul ota ko‘chasi 25-uyda yashovchi Lola Kamolova. Xozirda ushbu yer maydoniga dehqonchilik qilishni boshladim. Hosildan umidim katta, oladigan daromadim orqali oilamni kambag‘allik darajasidan olib chiqib, iqtisodiy ahvolini yaxshilashdir.
Bundan tashqari tumanning Bo‘ston MFY Markaziy qo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi No‘’monjon Karimberdiyev 4-sektor rahbariga issiqxona qurish uchun bankdan imtiyozli kredit olish maqsadida murojaat qilgan.

Murojaatim tezda ijobiy hal etildi, - deydi, ushbu fuqaro. 4-sektor rahbari tomonidan imtiyozli kredit ajratilishida katta yordam ko‘rsatildi. Olingan kreditni issiqxona qurishlishida sarfladim. Endilikda issiqxonada xalqimiz dasturxoni uchun sabzavot mahsulotlarini yetishtiryapmiz. Sektor rahbarlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan bu kabi yordamlardan minnatdorman.

Olib borilayotgan bu kabi ezgu ishlar zamirida aholi o‘rtasida kambag‘alchilikni kamaytirish, ularni kasbga o‘rgatish hamda odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish kabi muhim masalalar mujassamdir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 213
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 104
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 126
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 389
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 106
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar