“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:34
ЎЗO‘Z

Bosh sanitariya inspektori immunitetni ko‘tarish yo‘llari haqida ma’lumot berdi

13 iyul, 11:13 3 451 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh sanitariya inspektori immunitetni ko‘tarish yo‘llari haqida ma’lumot berdi Kun.uz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov bilan telefon orqali intervyu tashkil etib, ayni kunlarda dolzarb bo‘lib turgan bir qator savollarga javob oldi.

Intervyu davomida Nurmat Otabekov fuqarolar o‘zini kasallikdan himoyalashi uchun sanitar-gigiyenik qoidalardan tashqari yana qanday choralar ko‘rish lozimligi hamda bu borada iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar, ovqatlanish qoidalari va boshqa kerakli vositalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Albatta, dori-darmon haqida gap ketganda fuqaro kasallik yuqtiradigan bo‘lsa, o‘z hududidagi shifokordan maslahat olishi kerak. O‘sha shifokor biladi bemordagi haqiqiy holatni. Har bir shaxs alohida individ.

Lekin biz aniq bilamiz, aytganingizdek, ehtiyot choralari haqida shunchalik ko‘p gapirdikki, uni odamlar yodlab oldi. Endilikda biz immunitetni ko‘taradigan, inson immun tizimini barqaror ushlaydigan vositalar haqida ko‘proq ma’lumot berishimiz kerak.

Biz bu borada tajribamizdan aniq bilamizki, inson o‘z immunitetini mustahkamlashi uchun to‘yib uxlashi, yaxshi dam olish, xotirani jamlashi, ortiqcha asabiylashmaslik, to‘yib ovqat yeyishi (me’yorni buzmagan holda) va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi hamda zararli odatlardan (ichkilik, chekish va h.k.) voz kechish kerak», – dedi Otabekov.

Mutaxassis turli giyohlardan damlamalar tayyorlab ichishni ham alohida qayd etib o‘tdi.

«O‘zbekiston sharoitidagi damlamalar, ya’ni u peshob haydaydiganidan tortib o‘t suyuqligini haydaydigan, oshqozon ichak tizimini yaxshilovchi, ovqat-hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladigan, qo‘yingki, har bir kasallikda davo hisoblanadi.

Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni, turli mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim. Bularning barchasi bizning immun tizimimizga ijobiy ta’sir qiladi. Bir narsani e’tibordan chetda qoldirish kerak emas, bizda turli giyohlardan tayyorlangan va juda arzon narxda sotiladigan damlama va dori vositalari ko‘p.

Ahamiyat beradigan bo‘lsak, o‘simliklardan tayyorlangan vositalar bizning amaliyotimizda keskin kamayib ketgan. Biz asosan kimyoviy yo‘l bilan olingan dorilarni qabul qilyapmiz. Bu juda zararli. Borib-borib qaysidir organlarimizga albatta zarar yetkazadi.

Shunday ekan, biz turli o‘simliklar: na’matakdan tortib, kiyik o‘ti, makkajo‘xori tuklari, romashka guli va ayniqsa tog‘da o‘sadigan dorivor o‘simliklarni iste’mol qilishni kanda qilmasligimiz kerak. Imkon qadar kimyoviy dori vositalardan foydalanmaylik.

Insonning hatto ichadigan suyuqliklari tarkibida ham damlamalar bo‘lishi kerak.
Tabiat ne’matlaridan uzoqlashmaslik kerak. Masalan, isiriq o‘simligining ham foydasi juda katta.

Bundan tashqari, oddiy yong‘oqni oling, u miya to‘qimalari faoliyatini yaxshilaydi. O‘rik va uning turshagi yurakka darmon», – dedi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar