“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:02
ЎЗO‘Z

Olim koronavirus mutatsiya qilgani sababli uning yuquvchanligi 30 foizga ortganini ma’lum qildi

13 iyul, 08:22 2 191 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olim koronavirus mutatsiya qilgani sababli uning yuquvchanligi 30 foizga ortganini ma’lum qildi Hongkong universiteti tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leungning ta’kidlashicha, koronavirusning yuquvchanligi uning DNKsida yuz bergan mutatsiya sababli mart oyidagiga nisbatan 30 foizga ortdi. Ushbu olim Hongkong hukumatiga koronavirus bo‘yicha maslahatlar berib boradi.

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, olim o‘z fikrlari bilan radioeshittirishlardan birida bo‘lishgan. Uning ta’kidlashicha, bu borada xalqaro tadqiqot o‘tkazilgan. U koronavirusning eng tarqalgan shtammida mutatsiya yuz bergani, buning natijasida esa uning yuquvchanligi ortganini ko‘rsatgan. Mart oyida har bir bemor 3 nafar sog‘lom kishiga virusni yuqtirgan bo‘lsa, hozirgi kunda 4 kishini zararlamoqda. Bu ma’lumotlar cheklovlar yumshatilgandan keyin koronavirusning yangitdan avj olishi kuzatilayotgan Hongkongdagi statistika bilan ham tasdiqlangan.

Biroq yaxshi yangilik shundaki, hozircha virus mutatsiya natijasida “qirg‘inbarotroq”qa aylanganining hech qanday belgisi yo‘q.
Olimning ta’kidlashicha, Hongkongni koronavirusning yangi mahalliy avj olishi kutmoqda. Shu sababli u hukumatni keksa odamlarni koronavirusga testlashga alohida e’tibor qaratishga chaqirgan.

Iyul boshida AQSHning bosh infeksionisti Entoni Fauchi koronavirusning yangi shtammi aniqlanganini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, virus mutatsiyalar natijasida tezroq tarqala boshlagan. Buning natijasida uning bemor tanasidagi miqdori ortib boradi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida koronavirus mutatsiya oqibatida tajovuzkorroqqa aylanmagani ma’lum qilingan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar