“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:32
ЎЗO‘Z

Isroillik olimlar O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vositaning klinik sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

13 iyul, 07:55 2 535 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Isroillik olimlar O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vositaning klinik sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda Foto: Reuters
Tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik va isroillik mutaxassislar o‘rtasida pandemiya sharoitida ilmiy-tadqiqot hamkorligining istiqbollarini muhokama qilish maqsadida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash va innovatsiion rivojlanish vazirliklari, O‘zbekiston Farmakologiya qo‘mitasi vakillari, Tibbiyot sohasidagi hamkorlik xalqaro markazi (ICMFC) bosh direktori Marina Kleyman, Al-Qudsdagi Yahudiy universitetining “Xaddasa” biokimyo va tibbiyot maktabi departamenti professori Saul Yedgar va Xolon texnologiya instituti prezidenti professor Eduard Yakubov ishtirok etgan.

Konferensiyada O‘zbekiston tibbiy va ilmiy-tadqiqot markazlarida koronavirusga va boshqa kasalliklarga qarshi dorilarni ishlab chiqish bo‘yicha klinik va ulardan oldingi sinovlar o‘tkazish sohasida hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilingan.

Doktor Marina Kleyman o‘z chiqishi davomida professor Saul Yedgar bilan birgalikda koronavirusga qarshi ishlab chiqayotgan ko‘p funksiyali vosita MFAIDs taqdimotini o‘tkazgan. Ushbu dori vositasining tarkibi va klinik tadqiqotlari bosqichlari haqida batafsil ma’lumot taqdim qilingan. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan birgalikda ishlar olib borishga tayyorlik bildirilgan.

O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishgan. Shuningdek, O‘zbekistonda sinovlar o‘tkazish uchun isroillik mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqorida keltirilgan yo‘nalishda hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Bundan tashqari, teletibbiyot va masofadan tibbiy maslahat berish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan. Professor Eduard Yakubov yaqinda Xolon texnologiya institutida Isroildagi ilk raqamli tibbiyot fakulteti ochilganini ta’kidlab o‘tar ekan, O‘zbekistonning tegishli idoralari va oliy ta’lim muassasalari bilan sheriklik o‘rnatishda hamda institut bazasida o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha onlayn-kurslar tashkil etishda yordam berishga tayyorligini bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar