“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi

12 iyul, 22:04 2 647 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusufaliyev xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 ta muassasada koronavirusga test topshirish mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u «O‘zbekiston 24» telekanalidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida gapirib o‘tgan.

"Bugungi kunda respublikada 43 ta davlat agentliklari tarkibidagi laboratoriya faoliyat ko‘rsatyapti. U yerda 92 ta PZR laboratoriya mavjud. Bu degani, oxirgi xarid qilgan 45 ta PZR laboratoriyamiz 2 baravar ko‘paytirildi. Va u yerda test topshirish bepul. Lekin hozirgi paytda biz xususiy sektorni qo‘shyapmiz, bu ishga jalb qilyapmiz. Bugungi kunda bizda 8 ta xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan muassasamiz bor. Ular, albatta, hozirgi kunda pullik xizmat ko‘rsatadi va aholidan tegishli test namunalarini oladi".

Yusufaliyev, shuningdek, davlat va xususiy sektordagi muassasalarda test olishda xizmat ko‘rsatish sifati, testlarning javob chiqish muddati haqida ham gapirib o‘tgan.

«Endi to‘g‘risini aytishimiz kerak, mana oxirgi kunlarda kasallanish ko‘payishini inobatga olib test javobi chiqishi muddati davlat sektorida xususiy sektorga nisbatan sal sekinlashdi. Chunki juda ko‘p kasallarning ko‘paygani hisobiga. Lekin shu bilan birga, ularning sifati bir xil», — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston adliya vazirining maslahatchisi Shahnoza Soatova o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, test topshira olmayotganini yozib qoldirgan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi esa xususiy klinikalarga koronavirusga test olishni to‘xtatish haqida topshiriq berilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos kelmasligini bildirgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 72
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 25
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 209
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 86
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 41
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar