“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:51
ЎЗO‘Z

Karantin davrida yordamga muhtoj fuqarolar qayerga murojaat qilishi mumkin?

12 iyul, 11:50 2 716 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin davrida yordamga muhtoj fuqarolar qayerga murojaat qilishi mumkin? Karantin sharoitida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar 1197 qisqa raqami yoki Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 203 01 21 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin, deb ma’lum qildi vazir Rahmat Mamatov.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov 1 avgustgacha joriy etilgan qat’iy karantin sharoitida aholining ijtimoiy himoyasi qanday tashkil etilishi bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

«Dastlabki bosqichda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ishsiz, doimiy daromad manbayini yo‘qotgan va ehtiyojmand aholi qatlamlarinining manzilli ro‘yxatlari shakllantiriladi.

Bu ro‘yxatga:
- ta’minot manbayi bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, og‘ir kasallikka chalingan, ko‘p bolali oilalar;
- ijtimoiy nafaqasi o‘z ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbayiga ega bo‘lmagan oilalar;
- chin yetimlar, bola tarbiyasi bilan qarindoshlari shug‘ullanayotgan oilalar;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayollar va yolg‘iz erkaklar;
- ota-onasidan biri yoki har ikkisi ham ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisobida turgan oilalar;
- mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lgan, biroq hech qayerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo‘lgan, mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet elda ishini yo‘qotib qaytib kelgan va daromadsiz qolgan fuqarolarning oilalari kiritiladi.

Shu bilan birga, vaziyatdan kelib chiqqan holda aholining boshqa toifalariga ham ijtimoiy yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratilishi nazarda tutilgan.

Ikkinchi bosqich tartibi hozirda amaliyotda davom etib kelayotgan «Saxovat va ko‘mak» harakati faoliyati bilan bog‘liq. Bunda ehtiyojmand oilalarga Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlariga muvofiq, «Mahalla» fondi va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armalaridan zarur mablag‘lar ajratiladi.

Uchinchi bosqichda joylardagi mahalliy hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari bilan birgalikda manzilli ro‘yxat asosida zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat moddiy yordamlarni shakllantiradi.

Bunda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan yuqorida keltirib o‘tilgan mezonlar asosida shakllantirilgan aholi ro‘yxatlari asosida tashkil qilinadi. Biz hozircha muhtojlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantirdik.

To‘rtinchi va eng muhim bosqichda vazirlik mahalliy hokimlik va Yoshlar agentligi bilan birgalikda to‘plangan mazkur moddiy ko‘mak yuklarini manzilli ro‘yxat asosida aholi xonadonlariga yetkazilishini ta’minlaydi. Bunda, albatta, barcha zaruriy ehtiyot choralari qo‘llaniladi, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etiladi hamda mahsulotlarga dezinfeksion ishlov beriladi.

Shuningdek. xayriya mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan xodimlar va volontyorlar himoya vositalari — tibbiy kombinezon, tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Shu o‘rinda barcha fuqarolarni qiziqtiruvchi yana bir ma’lumotni berishni istardim. Ya’ni, joylarda shakllantirilgan ro‘yxatlarda mavjud bo‘lmagan, ammo zarur oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj bo‘lgan fuqarolar 1197 qisqa raqamli telefon tarmog‘iga murojaat qilishlari hamda o‘z ehtiyojlarini bayon etishlari mumkin.

Undan tashqari, vazirlikda mavjud 203 01 21 raqamiga telefon qilib murojaat qilishlar mumkin. Mazkur telefon tarmog‘i orqali bog‘langan fuqarolarimiz murojaati ham alohida e’tiborga olinadi hamda ularga ham zarur ijtimoiy yordam mahsulotlari yetkazib beriladi», – dedi Rahmat Mamatov 12 iyul kuni AOKAda o‘tgan brifingda.

Eslatib o‘tamiz, 20 kunlik karantin davrida 120 mingga yaqin muhtoj oilaga yordam ko‘rsatish uchun 20 mlrd so‘m ajratilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar