“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:21
ЎЗO‘Z

Dolzarb masala: Koronavirusga chalinganlar uyda davolanishi uchun yo‘riqnoma chiqarish!

12 iyul, 09:54 2 364 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dolzarb masala: Koronavirusga chalinganlar uyda davolanishi uchun yo‘riqnoma chiqarish! Jurnalist Aziza Qurbonova koronavirus simptomi paydo bo‘lganda uyda davolanish uchun yo‘riqnoma chiqarishni taklif qilmoqda. Buning sabablarini u quyidagicha izohlaydi:

Test bo‘yicha fikrim: bu yopiq krug.

Birinchidan, oddiy odam uchun (tanish-bilishi bo‘lmagan) davlat SES va xususiy klinikalarida test topshirish xuddi dunyoni 80 kunda aylanib chiqish bilan teng.

Ikkinchidan, test topshirish baxtiga muyassar bo‘lganingiz bilan uning natijasi faqat test topshirgan daqiqangizga qadar aktual bo‘ladi. To qo‘lingizga «manfiy/musbat» degan javobni olguningizcha oradan kamida 2-5 kun vaqt o‘tadi. Ungacha ham nari-beridan virus yuqtirib olish ehtimolingiz mavjudligicha qolaveradi.

Uchinchidan, test topshiriladigan nuqtalar, resurslar, bunda ishtirok etadigan kadrlar yetishmovchiligi bor gap. Biroq, xususiylardan insayder topsangiz, aytyapti, kuniga imkonimiz bo‘lsa ham, limitimiz bor, deydi. Chunki, test javobi ijobiy chiqqan odamlar qo‘rquvga berilib, shifoxonaga yotqizasan deb talab qilishni boshlaydi. Xaos boshlanadi. Shifoxonalar esa kasallar bilan to‘la, u yerda og‘ir kasallar davolangani durust, albatta. Balki, to‘palon bo‘lib ketmasligini oldini olish uchun limit qo‘yilgandir, kim bilsin.

To‘rtinchidan, agar yuqoridan limit qo‘yilgani rost bo‘lsa, uning mantiqsizligi ham bor: deylik, barcha simptomlaringiz bo‘lsa ham test javobi qo‘lingizda bo‘lmasa shifoxona qabul qilmaydi. Yengil formada o‘tkazayotganlar uchun bu qo‘rqinchli bo‘lmasligi mumkin, shundoq ham ular uyda davolanyapti, ammo uyida nafas qisish boshlangan bemorlar uchun tanish-bilish topguncha kasalxonaga yotish muammo bo‘lishi aniq.

Beshinchidan, hammaning ham uyida doktor yo‘q, hamshira yo‘q, 24 soat qo‘ng‘iroq qilsa bo‘ladigan saviyali oilaviy shifokori yo‘q. Hatto uyda yengil davolanish uchun jamg‘armasi ham yetmasligi mumkin. Aslida yengil formadagi Kovid infeksiyasini yuqtirish qimmat kasallik emas. Aynan qanday davolanishni bilgan odamga, albatta. Internetda tarqalgan protokolning bittasida u dori, bittasida bu dorini o‘qib, aptekani ko‘chirib olib oilaviy davolanish uncha-muncha odamning «belini sindirishi» turgan gap.

Xarajatni ham qo‘yib turaylik, ammo qanday to‘g‘ri davolanadi? Kun davomida telefonim «yaxshi shifokor topib ber» degan qo‘ng‘iroqdan bo‘shamayapti. Poliklinika, 1003 ga qo‘ng‘iroq qilish yuklama ko‘pligidan 1 soatga yaqin vaqtni olyapti. Qo‘ng‘iroq qilib, oddiygina savol bersangiz, atrofdagilardan yordam so‘ragani 5 daqiqa yo‘qolib ketdi qaynoq nuqtada o‘tirgan mutaxassis. Savol oddiy edi: yosh bolaning isitmasi nechchiga ko‘tarilganda unga antibiotik boshlash kerak? Axir bolalarda o‘pkaga o‘tish tezda sodir bo‘ladi...

Xo‘p, biroz bo‘lsa-da odamlarga qanday yordam berish mumkin? YO‘RIQNOMA CHIQARIB!

Men koronavirus bilan aktiv kurashayotgan davlatlar (alohida shtatlari)ning homeisolation instructionlarini o‘zim uchun o‘rganib chiqyapman. Ammo men shifokor emasman, tarjima qilganim bilan tarqatish xato bo‘ladi. Lekin, qani bizning milliy sog‘liqni saqlash tizimimizning uyda davolanayotganlar uchun yakdil YO‘RIQNOMASI?!

O‘sha yo‘riqnomada oddiy savollarga javob berishsin.
1. Simptomlar haqida to‘liq axborot.
2. Yosh qatlamini inobatga olgan holda yo‘tal va og‘riqni kamaytirish uchun ko‘riladigan choralar (xorijiy instruksiyalarda yengil ta’sir etuvchi dorilar nomi berilgan).
3. O‘z sog‘lig‘ini holatini qayd etib borishga o‘rgatish. Qanday tekshiruvlardan o‘tish.
4. Qaysi belgilar kuzatilganda ahvoli yomonlashgan deb baholash.
5. 103 ga qaysi holatlarda qo‘ng‘iroq qilish kerak.
6. Uyda o‘zini qanday tutish.
7. Qanday ovqatlanish.
8. Qaysi kasalliklar bo‘lganda qaysi dori vositalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va hokazo... (Kalsiy xlor, kalsiy glyukonatni bilmay olib qonini quyultirib qo‘yayotgan va ahvoli og‘irlashayotgan tanish-bilishlar haqida eshitib, tibbiy savodxonlik masalasi juda dolzarbligini tushunyapman.)

Xullas, gap ko‘p, vaqt oz. Albatta, axborot intervyularda berilyapti. Ammo ular tarqalib, sochilib yotibdi. Qaysidir bloger yozmasin, qaysi dorini ichish-ichmaslikni. Keyin uni 1.5 mln obunachisi bor koronavirus-info kanali e’lon qilmasin tekshirmasdan turib. Rasmiy yo‘riqnoma kerak! OAVda odamlarni virus tarqalishi ko‘payganda ayblanaverishini eshitaverish ham ba’dga urib ketdi, rosti. Bu o‘z nomi bilan pandemiya. Xalqni ayblashni bas qilib, unga to‘g‘ri davolanishni o‘rgatish vaqti kelgan. Qolganini doimgidek o‘zi eplab oladi, deb yozadi jurnalist.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 31
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 71
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 343
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar