“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:24
ЎЗO‘Z

«Shifokorlar norasmiy daromadga bog‘lanib qolgan» — xalqaro ekspert O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi haqida

11 iyul, 23:46 2 038 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Shifokorlar norasmiy daromadga bog‘lanib qolgan» — xalqaro ekspert O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi haqida Foto: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Jahon bankining sog‘liqni saqlash bo‘yicha katta eksperti Elvira Anadulu O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida mavjud muammolarni sanab o‘tdi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Mutaxassisning qayd etishicha, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari oylik maosh hajmining kamligi bois norasmiy daromadlarga bog‘lanib qolgan.
«O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini samarali boshqarish imkonini beruvchi normativ-huquqiy platforma mavjud emas. Texnik, ma’muriy va moliyaviy masalalar bo‘yicha alohida javobgarlik tizimining borligi resurslarning samarasiz taqsimlanishiga olib keladi.

Mamlakatda birlamchi tibbiy-sanitar xizmat miqdor jihatdan ko‘p bo‘lsa-da, sifat jihatdan ularni yuqori baholab bo‘lmaydi. Bu tizimning yetarli moliyalashtirilmasligi bilan bog‘liq
», – dedi Elvira Anadulu ijtimoiy sohada davlat dasturi ijrosi muhokamasiga bag‘ishlab «Taraqqiyot strategiyasi» markazida o‘tkazilgan onlayn davra suhbatida.

Foto: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Xalqaro ekspert O‘zbekistonda tibbiyot tizimini rivojlantirishda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni sanab o‘tdi.

«Shahar va qishloq hududlarida kadrlar taqsimotidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun tibbiy kadrlar tayyorlashning uzoq muddatli siyosati ishlab chiqilishi kerak. Ixtisoslikka asoslangan tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimidan oilaviy vrachlar bazasi asosida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tilishi maqsadga muvofiqdir.

Faktga asoslangan ma’muriy ma’lumotlar saqlanishining ishonchli tizimi yaratilishi lozim. Bu kerakli siyosiy qarorlar qabul qilinishi uchun muhimdir
», – dedi Anadulu.

Jahon banki vakili koronavirus pandemiyasining tibbiyot tizimiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlarini prognoz qildi.
«COVID-19 pandemiyasi natijasida kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkoniyatlari qisqarishi, surunkali xastaligi bo‘lgan bemorlarga xizmat ko‘rsatish tizimida kechikishlar kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, bolalarni emlash tizimida pauzalar va buzilishlarning bo‘lishi natijasida yangi kasallik to‘lqinlari paydo bo‘lishi ehtimolini keltirib chiqarishi mumkin. Uyda zo‘ravonlik holatlari kuzatilgan holatda ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar avj oladi
», dedi Elvira Anadulu.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 347
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar